Bugun Toshkentning ayrim ko‘chalari elektr ta’minotidan uziladi — manzillar

© AO "Regionalnie elektricheskie seti"V kakom rayone Tashkenta otklyuchili elektrichestvo
V kakom rayone Tashkenta otklyuchili elektrichestvo
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2023
Obuna bo‘lish
Poytaxtning 3 ta tumanidagi ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha elektr ta’minoti bo‘lmaydi.
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Bugun Toshkent shahrida kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 3 ta hududning ayrim ko‘chalarida elektr ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” xabar berdi.
Bugun quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:
Olmazor tumani: “Namuna” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
Yashnobod tumani: “Bahor” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
Chilonzor tumani: “Xayrobod” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.
Aytilishicha, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0