“Tashabbusli budjet” ikkinchi mavsumi qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishToshkent, arxiv surat
Toshkent, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2023
Obuna bo‘lish
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu mavsum uchun 1 trln so‘mdan ortiq mablag‘lar yo‘naltirilishi kutilmoqda.
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda "Tashabbusli budjet" jarayonining joriy yilgi ikinchi mavsumi 17-iyul kuni soat 10:00 dan boshlanadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lum qildi.
1-bosqich — fuqarolar tomonidan loyihalarni shakllantirish jarayonlari 17-iyuldan 6-avgustgacha;
2-bosqich — loyihalarni maxsus komissiya tomonidan saralab olish jarayonlari 6-avgustdan 26-avgustgacha;
3️-bosqich — loyihalarga ovoz berish jarayonlari 26-avgustdan 15-sentabrgacha o‘tkaziladi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu mavsum uchun tuman (shahar) budjetlari hisobidan 1 trln so‘mdan ortiq mablag‘lar yo‘naltirilishi kutilmoqda. Bu mablag‘lar mavsum yakuniga qadar ortib borishi aytilgan.
Fuqarolar jarayonda ishtirok etish shartlari bo‘yicha o‘zini qiziqtirgan savollarga ushbu havola orqali javob olishi mumkin.
Molotok sudi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.04.2023
Endi "Tashabbusli budjet" uchun ovoz yig‘ishga majburlash majburiy mehnat sifatida baholanadi
Yangiliklar lentasi
0