Tanzila Narbayeva Turkiya parlamenti delegatsiyasi nimalarni muhokama qildi

© Press-slujba Senata Oliy MajlisaTanzila Narbayeva Turkiya respublikasi parlamenti Tashqi aloqalar qo‘mitasi raisi Fuat Oktay boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashdi
Tanzila Narbayeva Turkiya respublikasi parlamenti Tashqi aloqalar qo‘mitasi raisi Fuat Oktay boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2023
Obuna bo‘lish
Tanzila Narbayeva Turkiya respublikasi parlamenti Tashqi aloqalar qo‘mitasi raisi Fuat Oktay boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashdi.
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Turkiya O‘zbekistonni yaqin davrda Turkiy tilli davlatlar Parlament Assambleyasining to‘laqonli a’zosi bo‘lishiga umid bog‘lamoqda. Bu haqda Turkiya respublikasi parlamenti Tashqi aloqalar qo‘mitasi raisi Fuat Oktay ma’lum qildi, deya xabar berdi Senat.
Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva Turkiya respublikasi parlamenti Tashqi aloqalar qo‘mitasi raisi Fuat Oktay boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.
© Press-slujba Senata Oliy MajlisaTanzila Narbayeva Turkiya respublikasi parlamenti Tashqi aloqalar qo‘mitasi raisi Fuat Oktay boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashdi
Predsedatel Senata Oliy Majlisa vstretilas s delegatsiyey Tursii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2023
Tanzila Narbayeva Turkiya respublikasi parlamenti Tashqi aloqalar qo‘mitasi raisi Fuat Oktay boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashdi
Muhokama etilgan masalalar:
Oliy Majlisning Buyuk Millat Majlisi bilan hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruhi va “Turkiya – O‘zbekiston” parlamentlararo do‘stlik guruhi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish;
Oliy darajada erishilgan kelishuvlar asosida qabul qilingan “yo‘l xaritalari”da belgilangan vazifalar ijrosi ustidan tizimli parlament nazoratini amalga oshirish.
Shuningdek, parlamentlarning tegishli qo‘mitalari o‘rtasida savdo, iqtisodiyot, investitsiya, innovatsiya, bank-moliya, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda muloqotlarni davom ettirish har ikkala mamlakat uchun manfaatli ekaniga urg‘u berildi.
© Press-slujba Senata Oliy MajlisaTurkiya respublikasi parlamenti Tashqi aloqalar qo‘mitasi raisi Fuat Oktay
Vstrecha v Senate Oliy Majlisa s s delegatsiyey vo glave s predsedatelem Komiteta po vneshnim svazam parlamenta Tursii Fuatom Oktayem - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2023
Turkiya respublikasi parlamenti Tashqi aloqalar qo‘mitasi raisi Fuat Oktay
“O‘zbekiston o‘lkasi barchamiz uchun yagona turkiy sivilizatsiyaning bosh bulog‘i bo‘lishi bilan birga, bugungi kunda Markaziy Osiyo mintaqasidagi tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashda eng muhim tashabbuslari bilan markaziy strategik rol o‘ynayotgan davlat, deb bilamiz. Davlatlarimiz o‘rtasidagi turli yo‘nalishlardagi aloqalarni rivojlantirishga oid parlamentlararo hamkorlik qanchalik zich va faol bo‘lsa, ikki tomonlama keng qamrovli muloqotimiz natijalari shunchalik samarali va bardavom bo‘ladi”, dedi Fuat Oktay.
U shuningdek, O‘zbekistonni yaqin davrda Turkiy tilli davlatlar Parlament Assambleyasining to‘laqonli a’zosi sifatida ko‘rishga katta umid bog‘lashini qayd etdi.
Yangiliklar lentasi
0