https://oz.sputniknews.uz/20230714/ozbekiston-termik-depressiya-36879569.html
O‘zbekistonda termik depressiya kuzatildi
O‘zbekistonda termik depressiya kuzatildi
Sputnik O‘zbekiston
11-13 iyul kunlari Erondan Turkmaniston orqali O‘zbekiston hududiga issiq tropik havoning kirib kelishi kuchaydi.
2023-07-14T19:16+0500
2023-07-14T19:16+0500
2023-07-14T19:49+0500
jamiyat
o‘zbekiston
ob-havo
o‘zgidromet
iqlim o‘zgarishi
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1418/78/14187889_0:83:3073:1811_1920x0_80_0_0_d88b535c6879254524abdc8fbcebe362.jpg
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. 11-iyuldan respublika hududi bo‘yicha termik depressiya kuzatildi.O‘zgidrometning aniqlik kiritishicha, bu odatda O‘rta Osiyoning barcha hududlari bo‘yicha eng issiq ob-havo davri bilan bog‘liq bo‘lgan sinoptik jarayondir. O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan issiq tropik havoning kirib kelishi kuchaydi.Termik depressiyaning davomiyligi 2−3 kundan 5−7 kungacha o‘zgarib turadi, ayrim yillarda esa 1,5−2 haftagacha saqlanib turishi mumkin.11-13 iyul kunlari issiq maksimal ko‘rsatkichlariga yetdi. Havo harorati +40…+42 darajagacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida +43…+45 darajagacha, Qizilqum cho‘lining g‘arbida ba’zi joylarda 46 darajagacha ko‘tarildi.So‘nggi yillarda O‘zbekistonda har yili bunga yaqin maksimal harorat qiymatlari kuzatilmoqda. Biroq o‘tgan yillarda respublika hududi bo‘yicha o‘rnatilgan mutlaq maksimal harorat tengsiz bo‘lib qoldi.Ta’kidlanishicha, kuchli issiq davr uzoq davom etmadi. 13-iyuldan respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlariga Kavkaz hududlaridan nisbatan salqin havo kirib kelishi boshlandi va ushbu hudud bo‘yicha harorat 5−7 darajaga pasaydi.12 iyulda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 13-iyulda Xorazm viloyati va Navoiy viloyati g‘arbiy tumanlarida issiq zaiflasha boshladi. Havo harorati 5−7 darajaga pasaydi.Respublikaning qolgan hududlarida 14-iyuldan harorat pasayishni boshladi. Juma kuni kunduzi maksimal harorat +34…+39 darajani tashkil etadi, Surxondaryo viloyatining janubida +41…+43 darajagacha bo‘ladi.Dam olish kunlari havo harorati +33…+38 darajadan oshmaydi, faqat ba’zi joylarda +39…+40 darajaga yetadi. Keyingi haftaning boshida havo harorati biroz ko‘tariladi, ammo bu ko‘tarilish yana qisqa muddatli bo‘ladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1418/78/14187889_450:0:2639:1642_1920x0_80_0_0_a0fb94e244ccd68b99a6679cc31741b6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston termik depressiya ob havo iqlim ekologiya meteorologiya
o‘zbekiston termik depressiya ob havo iqlim ekologiya meteorologiya
O‘zbekistonda termik depressiya kuzatildi
19:16 14.07.2023 (yangilandi: 19:49 14.07.2023) Respublikada 11-13 iyul kunlari issiq maksimal rivojlanish ko‘rsatkichlariga yetdi.
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. 11-iyuldan respublika hududi bo‘yicha termik depressiya kuzatildi.
O‘zgidrometning
aniqlik kiritishicha, bu odatda O‘rta Osiyoning barcha hududlari bo‘yicha eng issiq ob-havo davri bilan bog‘liq bo‘lgan sinoptik jarayondir. O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan issiq tropik havoning kirib kelishi kuchaydi.
Termik depressiyaning davomiyligi 2−3 kundan 5−7 kungacha o‘zgarib turadi, ayrim yillarda esa 1,5−2 haftagacha saqlanib turishi mumkin.
11-13 iyul kunlari issiq maksimal ko‘rsatkichlariga yetdi. Havo harorati +40…+42 darajagacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida +43…+45 darajagacha, Qizilqum cho‘lining g‘arbida ba’zi joylarda 46 darajagacha ko‘tarildi.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda har yili bunga yaqin maksimal harorat qiymatlari kuzatilmoqda. Biroq o‘tgan yillarda respublika hududi bo‘yicha o‘rnatilgan mutlaq maksimal harorat tengsiz bo‘lib qoldi.
Ta’kidlanishicha, kuchli issiq davr uzoq davom etmadi. 13-iyuldan respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlariga Kavkaz hududlaridan nisbatan salqin havo kirib kelishi boshlandi va ushbu hudud bo‘yicha harorat 5−7 darajaga pasaydi.
12 iyulda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 13-iyulda Xorazm viloyati va Navoiy viloyati g‘arbiy tumanlarida issiq zaiflasha boshladi. Havo harorati 5−7 darajaga pasaydi.
Respublikaning qolgan hududlarida 14-iyuldan harorat pasayishni boshladi. Juma kuni kunduzi maksimal harorat +34…+39 darajani tashkil etadi, Surxondaryo viloyatining janubida +41…+43 darajagacha bo‘ladi.
Dam olish kunlari havo harorati +33…+38 darajadan oshmaydi, faqat ba’zi joylarda +39…+40 darajaga yetadi. Keyingi haftaning boshida havo harorati biroz ko‘tariladi, ammo bu ko‘tarilish yana qisqa muddatli bo‘ladi.