https://oz.sputniknews.uz/20230714/ozbekiston-sportchi-osiyo-chempionati-36853453.html
O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo chempionatida sovrindor bo‘lishdi
O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo chempionatida sovrindor bo‘lishdi
Sputnik O‘zbekiston
Farida Soliyeva kumush, balandlikka sakrash sektorida ishtirok etgan Svetlana Radzivil bronza medali sohibiga aylandi.
2023-07-14T09:01+0500
2023-07-14T09:01+0500
2023-07-14T11:53+0500
sport
tailand
o‘zbekiston
yengil atletika
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/109/54/1095475_0:448:2049:1600_1920x0_80_0_0_895f7066d762bc4dd6672da1eaf59f9a.jpg
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. O‘zbekistonlik sportchilar Farida Soliyeva va Svetlana Radzivil Osiyo chempionatida sovrindor bo‘lishdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.Tailandda o‘tayotgan yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi medallariga sazovor bo‘ldi. Ayollar o‘rtasida 400 metrga yugurish dasturida qatnashgan Farida Soliyeva kumush, balandlikka sakrash sektorida ishtirok etgan Svetlana Radzivil bronza medali sohibiga aylandi.22 yoshli Farida Soliyeva final dasturida 52.95 soniya natija qayd etib, marra chizig‘ini ikkinchi bo‘lib kesib o‘tdi.Oltin medal Shri-Lanka vakilasiga nasib etgan bo‘lsa, kuchli uchlikni hindistonlik atlet yakunlab berdi.400 metr, OCh:Shuningdek, 1.75, 1.80 va 1.83 metr balandlikdagi plankalardan birinchi urinishdayoq o‘ta olgan Radzivil, afsuski, 1.86 metr balandlikka kelganida omadsizlikka uchradi.Oltin va kumush medallari esa qozog‘istonlik atletlarga nasib etdi. Bu Svetlana Radzivil uchun qit’a birinchiliklaridagi oltinchi medal hisoblanadi.Balandlikka sakrash, OCh:
tailand
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/109/54/1095475_0:256:2049:1792_1920x0_80_0_0_bffb4ca878a5392bbf5ba41d4dbffa4c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
osiyo chempionati farida soliyeva svetlana radzivil tailand
osiyo chempionati farida soliyeva svetlana radzivil tailand
O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo chempionatida sovrindor bo‘lishdi
09:01 14.07.2023 (yangilandi: 11:53 14.07.2023) Farida Soliyeva kumush, balandlikka sakrash sektorida ishtirok etgan Svetlana Radzivil bronza medali sohibiga aylandi.
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. O‘zbekistonlik sportchilar Farida Soliyeva va Svetlana Radzivil Osiyo chempionatida sovrindor bo‘lishdi, deya xabar berdi
Milliy olimpiya qo‘mitasi. Tailandda o‘tayotgan yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi medallariga sazovor bo‘ldi. Ayollar o‘rtasida 400 metrga yugurish dasturida qatnashgan Farida Soliyeva kumush, balandlikka sakrash sektorida ishtirok etgan Svetlana Radzivil bronza medali sohibiga aylandi.
22 yoshli Farida Soliyeva final dasturida 52.95 soniya natija qayd etib, marra chizig‘ini ikkinchi bo‘lib kesib o‘tdi.
"Bu bilan navoiylik sportchimiz shaxsiy rekordini yangiladi", deyiladi xabarda.
Oltin medal Shri-Lanka vakilasiga nasib etgan bo‘lsa, kuchli uchlikni hindistonlik atlet yakunlab berdi.
1. Ramanayaka Nadisha (Shri-Lanka) – 52.61
2. Farida Soliyeva (O‘zbekiston) – 52.95 3. Aishvarya Mishra (Hindiston) – 53.07
Shuningdek, 1.75, 1.80 va 1.83 metr balandlikdagi plankalardan birinchi urinishdayoq o‘ta olgan Radzivil, afsuski, 1.86 metr balandlikka kelganida omadsizlikka uchradi.
Oltin va kumush medallari esa qozog‘istonlik atletlarga nasib etdi. Bu Svetlana Radzivil uchun qit’a birinchiliklaridagi oltinchi medal hisoblanadi.
Balandlikka sakrash, OCh:
1. Kristina Ovchinnikova (Qozog‘iston) – 1.86
2. Yelizaveta Matveyeva (Qozog‘iston) – 1.86
3. Svetlana Radzivil (O‘zbekiston) – 1.83