Qayd etilishicha, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining O‘zbekiston saylangan prezidentining lavozimiga kirishishiga bag‘ishlangan qo‘shma majlisi majlisi bo‘lib o‘tmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 9-iyul kuni muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti saylovi bo‘lib o‘tdi. Unda saylovchilarning 87,05 foiz ovozini olgan Shavkat Mirziyoyev g‘alaba qozondi. Prezident saylovida saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolarning 15,6 milliondan ziyodi yoki qariyb 80 foizi qatnashdi.