Maxsus operatsiya: 14-iyulning asosiy voqealari

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishMaxsus harbiy operatsiya hududida Rossiya harbiylari, arxiv surat
Maxsus harbiy operatsiya hududida Rossiya harbiylari, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.07.2023
Obuna bo‘lish
Ukraina qurolli kuchlari o‘tgan kun davomida Donesk va Krasniy Liman yo‘nalishlarida bir necha bor hujum uyushtirishga urinishdi.
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning eng so‘nggi voqealari.

Mudofaa vazirligi hisoboti, 14-iyul:

Donesk yo‘nalishida "Janub" kuchlar guruhi LXRning Belogorovka, Zaysevo DXRning Veseloe, Krasnogorovka, Severnoe, Mariinka hududlarida va Klesheyevka g‘arbida dushmanning 16 ta hujumini muvaffaqiyatli qaytardi.
DXRning Bogdanovka va Krasnogorovka aholi punktlari hududlarida UQK ishchi kuchi va texnikasiga zarba berildi. Bundan tashqari, DXRning Paraskoveyevka va Razliv aholi punktlari hududlarida UQK 79-havo-desant-desant brigadasi va 35-dengiz piyodalari brigadasining ikkita o‘q-dori ombori yo‘q qilindi.
Kun davomida ushbu yo‘nalishda dushmanning 280 nafar harbiy xizmatchisi, uchta zirhli jangovar texnika, to‘rtta harbiy texnika, Polshada ishlab chiqarilgan "Krab" o‘ziyurar artilleriya moslamasi, D-20 gaubitsasi, shuningdek, AQShda ishlab chiqarilgan AN-TPQ-36 artilleriyaga qarshi radari yo‘q qilindi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" kuchlar guruhi LXRning Nevskoe va DXRning Grigorovka aholi punktlari hududlarida dushmanning uchta hujumini muvaffaqiyatli qaytardi. LXRning Nevskoe, Chervonaya Dibrova va Karmazinovka aholi punktlari hududlarida UQK bo‘linmalari mag‘lubiyatga uchradi. LXRning Kuzmino aholi punkti hududida Ukraina qo‘poruvchilik va razvedka guruhining faoliyati to‘xtatildi.
Kun davomida 90 nafar ukrainalik harbiy xizmatchi, bitta tank, uchta zirhli jangovar mashina, uchta avtomobil va ikkita D-30 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Janubiy Donesk va Zaporojye yo‘nalishlarida "Sharq" kuchlari guruhining havo zarbalari va artilleriya o‘qlari Priyutnoe, Patixatki, Zaporojye viloyati, DXRning Urojaynoe va Rovnopol aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli kuchlarining ishchi kuchi va texnikasiga zarbar berdi.
Zaporojye viloyatining Patixatki va Dorojnyanka aholi punktlari hududlarida Ukrainaning uchta qo‘poruvchilik va razvedka guruhi faoliyati to‘xtatildi.
Zaporojye viloyatidagi Malaya Tokmachka, Malokaterinovka va Uspenovka aholi punktlari hududlarida Ukrainaning 23, 33-mexanizatsiyalashgan, 128-tog‘-hujum brigadalari, 36-dengiz piyodalari brigadalarining oltita o‘q-dori ombori yo‘q qilindi.
Kun davomida dushmanning ushbu hududlarda yo‘qotishlari 210 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi, to‘rtta zirhli jangovar texnikasi, uchta texnikasi, AQShda ishlab chiqarilgan M777 artilleriya tizimi, ikkita Msta-B va D-20 gaubitsalari, shuningdek, "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriyasini tashkil etdi.
Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" qo‘shinlar guruhi Xarkov viloyatining Tabayevka, Timkovka, Novomlinsk, Olshana, Berestovoe aholi punktlari hamda LXRning Stelmaxovka hududlarida UQKning ishchi kuchi va texnikasiga zarba berdi.
Kun davomida 20 tagacha ukrainalik harbiy xizmatchi, ikkita zirhli jangovar mashina, uchta avtomashina va ikkita D-20 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Xerson yo‘nalishida kun davomida berilgan zarbalar natijasida 70 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi, beshta texnika, AQShda ishlab chiqarilgan M777 artilleriya tizimi, "Akatsiya" o‘ziyurar artilleriya majmuasi va D-30 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Rossiya aviatsiyasi, raketa kuchlari va artilleriyasi kun davomida UQKning 112 ta pozitsiyalarida joylashtirilgan 89 ta artilleriya bo‘linmasiga zarbalar berdi.
Zaporojye viloyatidagi Uspenovka aholi punkti hududida UQKning 36-dengiz piyodalari brigadasining harbiy texnikasi uchun yoqilg‘i ombori yo‘q qilindi.
Shuningdek, DXRning Predtexino, Aleksandr-Shultino aholi punktlari va Zaporojye viloyatining Orexovo shahri hududlarida Ukraina Qurolli kuchlarining 22, 28 va 65-mexanizatsiyalashgan brigadalarining uchta qo‘mondonlik punktlariga zarba berildi.
Havo hujumidan mudofaa tizimlari kun davomida 9 ta HIMARS va "Uragan" raketalarini tutib oldi. Bundan tashqari, Xarkov viloyatining Tokarevka, Donesk Xalq Respublikasining Volodino, Zaporojye viloyatidagi Lyubimovka, Semenovka va Xerson viloyatidagi Dmitrovka aholi punktlari hududlarida Ukrainaning 14 ta uchuvchisiz uchish apparati yo‘q qilindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukraina jami 455 ta samolyot, 242 ta vertolot, 5009 ta uchuvchisiz uchish apparati, 426 ta zenit-raketa majmuasi, 10 700 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnika, 1138 ta ko‘p raketali tizim texnikasi, 5453 ta dala artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 11664 dona maxsus harbiy mashinalaridan mahrum bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0