https://oz.sputniknews.uz/20230713/shavkat-mirziyoev-inauguratsiya-marosim-sana-36798764.html
Shavkat Mirziyoyevning inauguratsiyasi sanasi ma’lum bo‘ldi
Shavkat Mirziyoyevning inauguratsiyasi sanasi ma’lum bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
Saylangan shaxsga O‘zbekiston prezidenti etib saylanganligi to‘g‘risida guvohnoma topshirish va prezident lavozimiga kirishishi marosimi (inauguratsiya) saylov natijalari rasmiy ravishda e’lon qilingan kundan e’tiboran kechi bilan ikki oy ichida o‘tkaziladi.
2023-07-13T15:46+0500
2023-07-13T15:46+0500
2023-07-14T10:03+0500
siyosat
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
inauguratsiya
o‘zbekiston prezidenti saylovi — 2023
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/0c/36802964_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_659f42542c161c44b894be4630ff0ff5.jpg
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston prezidenti lavozimiga kirishish marosimi (inauguratsiya) ertaga, 14-iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar berdi.Saylangan shaxsga O‘zbekiston prezidenti etib saylanganligi to‘g‘risida guvohnoma topshirish va prezident lavozimiga kirishishi marosimi (inauguratsiya) saylov natijalari rasmiy ravishda e’lon qilingan kundan e’tiboran kechi bilan ikki oy ichida o‘tkaziladi.Prezident Oliy Majlis yig‘ilishida quyidagi qasamodni qabul qilgan paytdan boshlab o‘z lavozimiga kirishgan hisoblanadi:"O‘zbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, respublikaning Konstitutsiyasi va qonunlariga qat’iy rioya etishga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolat berishga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamod qilaman".Ma’lumot uchun, O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, prezident fuqarolar tomonidan umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan yetti yil muddatga saylanadi.Eslatib o‘tamiz, 9-iyul kuni muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti saylovi bo‘lib o‘tdi. Unda saylovchilarning 87,05 foiz ovozini olgan Shavkat Mirziyoyev g‘alaba qozondi. Prezident saylovida saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolarning 15,6 milliondan ziyodi yoki qariyb 80 foizi qatnashdi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/0c/36802964_83:0:1218:851_1920x0_80_0_0_c733ffcf8ae4fcdc314f1a20cbe08bba.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston shavkat mirziyoyev inauguratsiya haqida ma’lumot nima marosim sana senat
o‘zbekiston shavkat mirziyoyev inauguratsiya haqida ma’lumot nima marosim sana senat
Shavkat Mirziyoyevning inauguratsiyasi sanasi ma’lum bo‘ldi
15:46 13.07.2023 (yangilandi: 10:03 14.07.2023) O‘zbekiston prezidentining lavozimiga kirishish marosimining aniq sanasi ma’lum bo‘ldi.
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston prezidenti lavozimiga kirishish marosimi (inauguratsiya) ertaga, 14-iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar berdi.
"O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining O‘zbekiston Respublikasi saylangan prezidentining lavozimiga kirishishiga bag‘ishlangan qo‘shma majlisi 2023-yil 14-iyul kuni bo‘lib o‘tadi", - deyilgan xabarda.
Saylangan shaxsga O‘zbekiston prezidenti etib saylanganligi to‘g‘risida guvohnoma topshirish va prezident lavozimiga kirishishi marosimi (inauguratsiya) saylov natijalari rasmiy ravishda e’lon qilingan kundan e’tiboran kechi bilan ikki oy ichida o‘tkaziladi.
Marosimda Markaziy saylov komissiyasi Mirziyoyevga “O‘zbekiston prezidenti etib saylanganligi to‘g‘risida”gi guvohnomani topshiradi.
Prezident Oliy Majlis yig‘ilishida quyidagi qasamodni qabul qilgan paytdan boshlab o‘z lavozimiga kirishgan hisoblanadi:
"O‘zbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, respublikaning Konstitutsiyasi va qonunlariga qat’iy rioya etishga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolat berishga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamod qilaman".
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, prezident fuqarolar tomonidan umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan yetti yil muddatga saylanadi.
Eslatib o‘tamiz, 9-iyul kuni muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti saylovi
bo‘lib o‘tdi. Unda saylovchilarning
87,05 foiz ovozini olgan
Shavkat Mirziyoyev g‘alaba qozondi. Prezident saylovida saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolarning 15,6 milliondan ziyodi yoki qariyb 80 foizi
qatnashdi.