Samarqandda itlar hujum qilgan bola plastik operatsiya qilinadi – viloyat SSB

© SputnikSamarqandda taksi haydovchisi bolani it hujumidan qutqarib qoldi
Samarqandda taksi haydovchisi bolani it hujumidan qutqarib qoldi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.07.2023
Obuna bo‘lish
Samarqand viloyati Sog‘liqni saqlash boshqamasi ikita it hujumiga uchragan bola holati haqida ma’lumot berdi.
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Samarqandda daydi itlar hujumiga uchragan 10 yoshli bola plastik operatsiya qilinadi. Bu haqda Sputnik muxbiriga viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi (SSB) matbuot kotibi Eldor Muhammadiyev ma’lum qildi.
Voqea 8-iyul kuni Samarqand shahridagi Yoshlar mahallasida sodir bo‘lgan edi. Sport to‘garagiga ketayotgan Sayqal mahallasi Dehqon ko‘chasida yashovchi 10 yoshli Navro‘z Mamasaidovga itlar hujum qilgan. Buni ko‘rib qolgan taksi haydovchisi bolani itlar hujumidan qutqarib qolgan.
Viloyat SSBning xabar berishicha, hodisadan so‘ng bola darhol Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filialiga ( RShTOIMSF) olib borilgan va unga birinchi yordam ko‘rsatilgan.

“Shifokorlarning ma’lumotlariga ko‘ra, bola hozir Samarqand davlat tibbiyot universitetining 2-son klinikasining bolalar xirurgiyasi bo‘limiga yotqizilgan. Bolaning oyoq sohasida plastik operatsiya o‘tkaziladi”, - deydi Muhammadiyev.

Samarqand viloyati IIB matbuot kotibining ma’lum qilishicha, hozir bolaga hujum qilgan itlar ushlangan va karantinga joylashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0