Qatar amiri Mirziyoyevni saylovda qozongan g‘alabasi bilan tabrikladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.07.2023
Obuna bo‘lish
Muloqotda oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish, yirik investitsiya loyihalarini tayyorlashni jadallashtirish va ularni ilgari surish masalalari batafsil muhokama qilindi.
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 13-iyul kuni Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Muloqotda oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish, yirik investitsiya loyihalarini tayyorlashni jadallashtirish va ularni ilgari surish masalalari batafsil muhokama qilindi.
Qatar amiri O‘zbekiston yetakchisini bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston respublikasi prezidenti saylovida qozongan ishonchli g‘alabasi bilan dildan qutladi.
Do‘st Qatar xalqi nomidan O‘zbekiston rahbari va ko‘p millatli xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik, barqaror taraqqiyot va ravnaq tiladi.
Yetakchilar joriy yil 5-6 iyun kunlari Qatar amirining O‘zbekiston respublikasiga davlat tashrifi davomida qabul qilingan bitim va kelishuvlarning so‘zsiz ijrosini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rishga kelishib oldilar.
Yaqin fursatda qo‘shma Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi hamda ikki mamlakat yetakchi kompaniyalari ishtirokida biznes forumini o‘tkazish muhimligi ta’kidlandi.
Yangiliklar lentasi
0