https://oz.sputniknews.uz/20230713/qashqadaryo-qizil-kitob-echkiemar-toshbaqa-36844367.html
Qashqadaryoda fuqaro uyida Qizil kitobga kiritilgan echkiemar va toshbaqalarni saqlab kelgan
Qashqadaryoda fuqaro uyida Qizil kitobga kiritilgan echkiemar va toshbaqalarni saqlab kelgan
Sputnik O‘zbekiston
viloyat Ekologiya boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida reyd o‘tkazgan. “Balxiyak” MFYda o‘tkazilgan reyd davomida fuqaro A. Q. o‘z xonadonida to‘qqizta bo‘z echkiemar va beshta O‘rta Osiyo cho‘l toshbaqasini noqonuniy saqlab kelayotgani aniqlangan. Aniqlik kiritilishicha, toshbaqalardan biri nobud bo‘lgan.
2023-07-13T18:45+0500
2023-07-13T18:45+0500
2023-07-13T18:46+0500
jamiyat
qashqadaryo viloyati
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/0d/36844146_0:34:768:466_1920x0_80_0_0_d040f158a9df0623b14e14e1810a77fe.jpg
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida fuqaro uyida Qizil kitobga kiritilgan echkiemar va toshbaqalarni noqonuniy saqlab kelgani aniqlandi. Bu haqda Ekologiya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Ma’lum qilinishicha, viloyat Ekologiya boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida reyd o‘tkazgan. “Balxiyak” MFYda o‘tkazilgan reyd davomida fuqaro A. Q. o‘z xonadonida to‘qqizta bo‘z echkiemar va beshta O‘rta Osiyo cho‘l toshbaqasini noqonuniy saqlab kelayotgani aniqlangan. Aniqlik kiritilishicha, toshbaqalardan biri nobud bo‘lgan.Bundan tashqari, bu fuqaro 2 ta ko‘lvor ilonni o‘ldirib, hovlisiga osib qo‘yganligi ham ma’lum bo‘ldi.Sudralib yuruvchilar yashash muhitiga mos bo‘lgan Nishon tumanidagi cho‘l hududlariga qo‘yib yuborilgan.O‘rganish davomida A.Q. hayvonot dunyosiga qariyb 51,5 mln so‘m zarar yetkazganligi aniqlangan. Bu holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga yuborish uchun tayyorlanmoqda.Ma’lumot uchun, bo‘z echkiemar va O‘rta Osiyo cho‘l toshbaqasi O‘zbekiston Qizil kitobi hamda CITES konvensiyasi (yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi fauna va flora turlarining xalqaro savdosi to‘g‘risidagi konvensiya)ga kiritilgan.
qashqadaryo viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/0d/36844146_42:0:562:390_1920x0_80_0_0_81464c657a41e396d814e702102c53dc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qashqadaryo qizil kitobga kiritilgan echkiemar toshbaqa
qashqadaryo qizil kitobga kiritilgan echkiemar toshbaqa
Qashqadaryoda fuqaro uyida Qizil kitobga kiritilgan echkiemar va toshbaqalarni saqlab kelgan
18:45 13.07.2023 (yangilandi: 18:46 13.07.2023) Bundan tashqari, bu fuqaro ikkita ko‘lvor ilonni o‘ldirib, hovlisiga osib qo‘yganligi ham ma’lum bo‘ldi.
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida fuqaro uyida Qizil kitobga kiritilgan echkiemar va toshbaqalarni noqonuniy saqlab kelgani aniqlandi. Bu haqda Ekologiya vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, viloyat Ekologiya boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida reyd o‘tkazgan. “Balxiyak” MFYda o‘tkazilgan reyd davomida fuqaro A. Q. o‘z xonadonida to‘qqizta bo‘z echkiemar va beshta O‘rta Osiyo cho‘l toshbaqasini noqonuniy saqlab kelayotgani aniqlangan. Aniqlik kiritilishicha, toshbaqalardan biri nobud bo‘lgan.
Bundan tashqari, bu fuqaro 2 ta ko‘lvor ilonni o‘ldirib, hovlisiga osib qo‘yganligi ham ma’lum bo‘ldi.
Sudralib yuruvchilar yashash muhitiga mos bo‘lgan Nishon tumanidagi cho‘l hududlariga qo‘yib yuborilgan.
O‘rganish davomida A.Q. hayvonot dunyosiga qariyb 51,5 mln so‘m zarar yetkazganligi aniqlangan. Bu holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga yuborish uchun tayyorlanmoqda.
Ma’lumot uchun, bo‘z echkiemar va O‘rta Osiyo cho‘l toshbaqasi O‘zbekiston Qizil kitobi hamda CITES konvensiyasi (yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi fauna va flora turlarining xalqaro savdosi to‘g‘risidagi konvensiya)ga kiritilgan.