Mirziyoyev Turkiya Buyuk millat majlisi Tashqi aloqalar qo‘mitasi raisini qabul qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaMirziyoyev Turkiya Buyuk millat majlisi Tashqi aloqalar qo‘mitasi raisini qabul qildi
Mirziyoyev Turkiya Buyuk millat majlisi Tashqi aloqalar qo‘mitasi raisini qabul qildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.07.2023
Obuna bo‘lish
Turkiya tomoni O‘zbekiston prezidentining aholi farovonligini oshirish va mamlakatning xalqaro nufuzini mustahkamlashga qaratilgan pragmatik siyosatini yuksak baholashini qayd etdi.
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Buyuk millat majlisi Tashqi aloqalar qo‘mitasi raisi Fuat Oktay boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaFuat Oktay
Shavkat Mirziyoyev prinyal delegatsiyu Turetsii vo glave s predsedatelem Komiteta po vneshnim svazam Velikogo natsionalnogo sobraniya Fuatom Oktayem. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.07.2023
Fuat Oktay
Ma’lum qilinishicha, uchrashuvda O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Turkiya tomoni O‘zbekiston prezidentining aholi farovonligini oshirish va mamlakatning xalqaro nufuzini mustahkamlashga qaratilgan pragmatik siyosatini yuksak baholashi va to‘liq qo‘llab-quvvatlashi qayd etildi.
Muzokaralar chog‘ida parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish hamda oliy darajada qabul qilinayotgan qarorlar ijrosi ustidan parlament nazoratini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mirziyoyev parlamentlararo hamkorlik guruhlarini tashkil etish va tegishli “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish yuzasidan erishilgan kelishuvlarni olqishladi.
Shuningdek, uchrashuvda o‘zaro savdo hajmini oshirish va aviaqatnovlarni ko‘paytirish, istiqbolli investitsiya loyihalarini ilgari surish, qo‘shma madaniy-gumanitar tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha muvofiqlashgan choralar ko‘rilishi muhim ekani ta’kidlandi.
Yangiliklar lentasi
0