Maxsus operatsiya: 13-iyulning asosiy voqealari
© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishRabota vertoleta Ka-52 gruppirovki "Yug" na Artemovskom napravlenii
© Sputnik / RIA Novosti
/ Obuna bo‘lish
Kun davomida Ukraina qurolli kuchlari Donesk, Krasniy Liman va Janubiy Donesk yo‘nalishlarida hujumga urinishlarini davom ettirdi. Barcha hujumlar qaytarildi.
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi kun davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.
Mudofaa vazirligi hisoboti, 13-iyul:
Donetsk yo‘nalishida "Janub" kuchlar guruhi DXRning Vesoloe, Krasnogorovka, Severnoe, Novomikaylovka va Mariinka aholi punktlari hududlarida dushmanning 16ta hujumi muvaffaqiyatli qaytarildi. DXRning Kurdumovka aholi punkti hududida Ukraina diversion-razvedka guruhining faoliyati to‘xtatildi.
Kun davomida dushman 480 nafargacha askar, oltita pikap, Polshada ishlab chiqarilgan uchta "Krab" o‘ziyurar artilleriya majmuasini, shuningdek, Msta-B va D-30 gaubitsalarini yo‘qotdi. DXRning Predtexino aholi punkti hududida AN/TPQ-50 artilleriyaga qarshi radar yo‘q qilindi.
Krasniy-Liman yo‘nalishida "Markaz" guruhi DXRning Torskoe, LXRning Karmazinovka va Kuzmino aholi punktlari hududida UQKning 63, 66 va 67-mexanizatsiyalashgan brigadalari ishchi kuchi va texnikasiga zarba berdi.
LXRning Chervonaya Dibrova va Kremennaya aholi punktlari hududlarida dushmanning uchta hujumi qaytarildi. Kun davomida 90 nafar ukrainalik harbiy xizmatchi, to‘rtta zirhli jangovar mashinasi, to‘rtta pikap, "Akatsiya" o‘ziyurar artilleriya majmuasi va D-30 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Janubiy-Donesk yo‘nalishida "Sharq" qo‘shinlari guruhi DXRning Rovnopol va Novodoneskoe aholi punktlari hududlarida ikkita hujumning oldini oldi.
Zaporoje yo‘nalishida Rossiya qo‘shinlarining kelishilgan harakatlari Patixatki aholi punkti hududida UQKning 128-tog‘-hujum brigadasining ishchi kuchi va texnikasi jamlanmasini yo‘q qildi, shuningdek, Zaporoje viloyati, Rabotino aholi punkti hududida UQK 65-mexanizatsiyalashgan brigadasi bo‘linmalarining hujumi qaytarildi.
Dushmanning ushbu yo‘nalishlarda yo‘qotishlari 180 dan ortiq harbiy xizmatchilar, bitta tank, beshta zirhli jangovar mashina, ikkita avtomashina, Britaniyada ishlab chiqarilgan AS90 Braveheart o‘ziyurar artilleriya moslamasi, ikkita Msta-B, uchta D-20 gaubitsasi, "Gvozdika" artilleriya moslamasi, shuningdek, bitta "Grad" jangovar mashinasini tashkil qiladi.
Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" kuchlar guruhixarkov viloyatidagi Krasnoe Pervoe, Liman Perviy hamda LXRning Novoselovskoe aholi punktlari hududida dushmanning 30ga yaqin askari, ikkita BTR, ikkita avtomobil, D-20 gaubitsasi va ikkita "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya majmuasini yo‘q qildi.
Xerson yo‘nalishida kun davomida 70 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi, zirhli jangovar mashina, uchta avtomashina va ikkita "Akatsiya" va "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya majmuasi yo‘q qilindi.
Rossiya aviatsiyasi, raketa kuchlari va artilleriyasi kun davomida 96 ta hudduda joylashgan 73ta artilleriya bo‘linmalarini o‘q otish pozitsiyalari, ishchi kuchi va harbiy texnikalariga zarba berdi.
DXRning Kurdumovka va Yampol aholi punktlari hududlarida UQKning 28-mexanizatsiyalashgan brigadasi va 125-hududiy mudofaa brigadasi o‘q-dorilar omborlari yo‘q qilindi.
Havo hujumidan mudofaa tizimlari kun davomida AQShda ishlab chiqligan HIMARS tizimining 11 ta raketasini tutib oldi.
Bundan tashqari, Zaporoje viloyatidagi Lyubimovka, Urojaynoe, DXRning Petrovskoe, Yakovlevka, Soledar, Zaysevo, Verxnekamenka, Chevonopopovka va LXRning Kremennaya aholi punktlari hududlarida Ukrainaning o‘n to‘rtta uchuvchisiz uchish apparati yo‘q qilindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukraina jami 455 ta samolyot, 242 ta vertolot, 4995 ta uchuvchisiz uchish apparati, 426 ta zenit-raketa majmuasi, 10687 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnikalar, 1138 ta ko‘p raketa tizimlarining jangovar texnikasi, 5440 ta artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 11646 dona maxsus harbiy mashinalaridan mahrums bo‘ldi.