Itdan qanday himoyalanish kerak: kinolog maslahati — video

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Itlar ikki xil vaziyatda o‘zini agressiv tutishi mumkin: ular qo‘riqlayotgan hududga kirganda, yaqinlashganda yoki o‘z egasini himoya qilish maqsadida.
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Kinologlarning aytishiga ko‘ra, itlar hujum qilganda eng asosiysi o‘zini xotirjam tutish va undan qochmaslik kerak.
"It hujum qilayotganida unga nisbatan jiddiy harakatlar, ya’ni sumka yoki biror jismni oldiga qo‘yib, uni qo‘rqitish kerak. Misol uchun, biroz baqirib, itlarni chalg‘itsa bo‘ladi", - deydi Kinologiya xizmati boshlig‘i Maxsudali Hasanov.
Mutaxassis aytishiga ko‘ra, odatda itlar hurib, shu hududning “xo‘jayini” ekanligini ko‘rsatmoqchi bo‘ladi. Agar itdan qo‘rqib qochsangiz, u quvib tishlashi mumkin.
Itlarning agressiv bo‘lishining yana bir sababi — ular o‘z egasini himoya qilishida. Bunday vaziyatda uning egasiga yaqinlashmaslik va baqirmaslik kerak. Shuningdek, agressiv itga orqa bilan o‘girilmaslik kerak.
Yangiliklar lentasi
0