Istanbuldagi ehtimoliy zilzila tufayli sunami yuzaga kelishi xavfi bor - olim

© Sputnik / Alexey Filippov / Mediabankka o‘tishIstanbul, arxiv surat
Istanbul, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.07.2023
Obuna bo‘lish
Shaharning har bir 39 ta tumani, sohili uchun sunami xavfi baholangan xarita ishlab chiqilgan va hududning qaysi qismi suv ostida qolishi mumkinligi internetda e’lon qilingan
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Istanbulda ehtimoliy kuchli zilzila sodir bo‘lishi natijasida sunami xavfi bor. Bir qator hududlar sezilarli darajada suv ostida qolishi mumkin. Bu haqda seysmologiya professori, Istanbul shahar meriyasining zilzilalar bo‘yicha olimlar kengashi a’zosi Xalyuk Eyidog‘an RIA Novostiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Istanbulning ko‘plab qirg‘oq hududlarida sunami paytida evakuatsiya qilish qo‘llanmalari ilib qo‘yilgan.
Olimning so‘zlariga ko‘ra, 2019-yilda Istanbulda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tabiiy ofatlar va ularning oqibatlarini bartaraf etish xavfi bo‘yicha reja tayyorlangan.
“Shaharning har bir 39 ta tumani, sohili uchun sunami xavfi baholangan xarita ishlab chiqilgan va hududning qaysi qismi suv ostida qolishi mumkinligi internetda e’lon qilingan. Ba’zi hududlarda bir yarim kilometrgacha hudud suv ostida qolishi mumkin. Masalan, shahar g‘arbidagi Kuchukchekmeje hududida, pasttekislikdagi to‘lqinlar balandligi to‘rt metrdan sakkiz metrgacha bo‘lgan taqdirda, bir yarim kilometrgacha hududlarni suv bosadi va katta zarar yetkazadi”, — deb tushuntirdi Eyidog‘an.
Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, sunami sodir bo‘lgan taqdirda, shahar aholisida to‘lqinlar yetib kelguniga qadar hududni tark etishga o‘n besh-yigirma daqiqa vaqti qoladi. Shahar meriyasi tomonidan e’lon qilingan tahlillarga ko‘ra, sunami paytida shaharning Yevropa tomonidagi Yenikapi, Atako‘y va Buyukchekmeje hududlari eng ko‘p zarar ko‘rishi mumkin.
Avvalroq Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi xavfi haqida ogohlantirgan seysmologlar 6-fevraldagi zilzilalardan so‘ng Istanbul aholisini kutilayotgan falokatga tayyor turishga undaydi, biroq ular qachon sodir bo‘lishini aniq bashorat qila olmasligini ta’kidlashadi.
Yangiliklar lentasi
0