Xitoylik tadbirkorlar Toshkent iqtisodiyotiga sarmoya kiritmoqchi

© Xokimiyat goroda TashkentaToshkent shahar hokimligida xitoylik tadbirkorlar bilan uchrashuv
Toshkent shahar hokimligida xitoylik tadbirkorlar bilan uchrashuv - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.07.2023
Obuna bo‘lish
Toshkent hokimligi xitoylik tadbirkorlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini ma’lum qildi.
TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. Xitoylik tadbirkorlar Toshkent iqtisodiyotiga sarmoya kiritishdan manfaatdor, deya xabar berdi poytaxt hokimligi.
Shahar hokimi o‘rinbosari Sharof Rahmanov Shixeszi shahar Xalq kongressi doimiy komissiyasi direktori E Xongda boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
Uchrashuvda mehmonlarga mamlakatdagi qulay sarmoyaviy muhit, xizmat ko‘rsatish, sanoat, biznes, ijtimoiy rivojlanish va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari aytib o‘tildi. Shuningdek, amalga oshirilishi kutilayotgan yirik istiqbolli sarmoyaviy loyihalar haqida batafsil ma’lumot berildi.

“Delegatsiya tarkibidagi kompaniyalar, ularning faoliyat sohasi haqida ma’lumot berib, poytaxtimiz bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik qilish va shahrimiz iqtisodiyotiga sarmoya kiritishdan manfaatdor ekanini bildirdi”, - deyiladi xabarda.

Aytilishicha, shahar hokimligi xitoylik tadbirkorlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaydi. O‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga har tomonlama yordam beradi.
Yangiliklar lentasi
0