https://oz.sputniknews.uz/20230712/xitoy-ozbekiston-elchi-tiv-ishonch-yorligi-36800892.html
Xitoyning O‘zbekistondagi elchisi TIVga ishonch yorlig‘i nusxalarini topshirdi
Xitoyning O‘zbekistondagi elchisi TIVga ishonch yorlig‘i nusxalarini topshirdi
Sputnik O‘zbekiston
Xitoyning O‘zbekistondagi yangi elchisi TIV rahbari Baxtiyor Saidov bilan uchrashdi.
2023-07-12T14:13+0500
2023-07-12T14:13+0500
2023-07-12T17:27+0500
siyosat
o‘zbekiston
xitoy
elchi
o‘zbekiston tiv
yuy szun
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/0c/36801318_0:87:1280:807_1920x0_80_0_0_8b5b4130881a61adbbde80687a1dd408.jpg
TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. Tashqi ishlar vazirligi (TIV) Xitoyning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Yuy Szunning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib oldi.Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yuy Szun Xitoyning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlangani ma’lum qilingan edi.Yuy Szun 1972-yil avgust oyida tug‘ilgan. Xitoy Kommunistik partiyasi a’zosi, oliy ma’lumotli. Tashqi ishlar vazirligining tegishli departament va boshqarmalarida, shuningdek, xorijdagi elchixonalar va konsulliklarda ishlagan.Yangi elchining so‘zlariga ko‘ra, Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi Xitoyning O‘zbekistonga nisbatan tashqi siyosatiga qat’iy sodiq bo‘ladi, O‘zbekiston jamiyatining xayrixoh vakillari bilan hamkorlikda ish olib boradi.Avvalroq Xitoy elchisi Szan Yan O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlayotgani ma’lum qilingandi. U O‘zbekistonda 5-yil ishlagan.
o‘zbekiston
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/0c/36801318_44:0:1236:894_1920x0_80_0_0_ef70855713d2529d6c2065c807560d8b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston xitoy elchi yuy szunn i baxtiyor saidov
o‘zbekiston xitoy elchi yuy szunn i baxtiyor saidov
Xitoyning O‘zbekistondagi elchisi TIVga ishonch yorlig‘i nusxalarini topshirdi
14:13 12.07.2023 (yangilandi: 17:27 12.07.2023) Xitoyning O‘zbekistondagi yangi elchisi TIV rahbari Baxtiyor Saidov bilan uchrashdi.
TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. Tashqi ishlar vazirligi (TIV) Xitoyning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Yuy Szunning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib oldi.
“Ikki tomonlama hamkorligimizda ko‘plab natijalarga guvoh bo‘lmoqdamiz. Yanada ko‘prog‘i oldinda. O‘zbekiston-Xitoy aloqalari yuqori sur’atda rivojlanmoqda, mavjud salohiyat esa undanda yuqori. Xush kelibsiz, janob Elchi!”, deb yozmoqda TIV rahbari Baxtiyor Saidov o‘zining Telegram-kanalida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yuy Szun Xitoyning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlangani ma’lum
qilingan edi.Yuy Szun 1972-yil avgust oyida tug‘ilgan. Xitoy Kommunistik partiyasi a’zosi, oliy ma’lumotli. Tashqi ishlar vazirligining tegishli departament va boshqarmalarida, shuningdek, xorijdagi elchixonalar va konsulliklarda ishlagan.
Yangi elchining so‘zlariga ko‘ra, Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi Xitoyning O‘zbekistonga nisbatan tashqi siyosatiga qat’iy sodiq bo‘ladi, O‘zbekiston jamiyatining xayrixoh vakillari bilan hamkorlikda ish
olib boradi.Avvalroq Xitoy elchisi Szan Yan O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlayotgani ma’lum qilingandi. U O‘zbekistonda 5-yil
ishlagan.