"Vagner" qurollarini topshirdi — video

Obuna bo‘lish
Rossiya Mudofaa vazirligi "Vagner"dan 2 mingdan ortiq harbiy texnika, 2,5 ming tonna o‘q-dorilar va boshqa qurol-aslaha qabul qilib oldi.
TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi rejaga muvofiq "Vagner" guruhidan qurol-yarog‘ va harbiy texnikani qabul qilish jarayonini yakunlamoqda.
2 mingdan ortiq harbiy texnika birliklari va qurollar, shu jumladan, yuzlab T-90, T-80, T-72B3 tanklari, "Grad", "Uragan" yoppasiga o‘t ochish reaktiv tizimlari, "Pansir" havo mudofaa tizimi, "Gvozdika", "Akatsiya", "Giatsint", "Tulpan" o‘ziyurar artilleriya moslamalari va gaubitsalar, zirhli transport vositalari va boshqalar qabul qilib olindi;
Olingan texnikalardan orasida o‘nlab mashinalar hech qachon jangovar sharoitlarda ishlatilmagan;
2,5 ming tonnadan ortiq turli o‘q-dorilar va 20 mingga yaqin o‘qotar qurollar bor.
"Barcha harbiy texnika dastlab mamlakat ichida joylashgan ta’mirlash va tiklash bo‘linmalariga yuboriladi. Foydalanishga tayyorgarligi tekshirilgani va texnik xizmat ko‘rsatilganidan so‘ng ulardan belgilangan maqsadda foydalaniladi", - deyiladi xabarda.
"Vagner" isoni

Ma’lumot uchun, 24-iyunga o‘tar kechasi "Vagner" qo‘shinlari Rostov-Dondagi Janubiy harbiy okrugi shtabini egallab oldi va harbiy kolonna Moskva tomon yo‘lga chiqqanini e’lon qildi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin xususiy harbiy kompaniya harakatlarini "xoinlik" deb atadi va Prigojinga qarshi "qurolli ison" uyushtirgani uchun jinoiy ish ochildi.

Keyinchalik Belarus prezidentining matbuot xizmati Aleksandr Lukashenko Vladimir Putin bilan kelishgan holda Prigojin bilan muzokaralar o‘tkazib, harbiy kolonnani orqaga qaytarishga ko‘ndirganini xabar qildi. Prigojinning o‘zi esa Belarus hududiga chiqib ketgan.

"Vagner" askarlari ushbu harakatlarda ishtirok etgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilmasligi e’lon qilindi va ularga Rossiya Mudofaa vazirligi bilan shartnoma imzolash taklif qilindi.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0