Toshkentning 2 tumanida issiq suv qisman o‘chirildi
© pexels.com/Nithin PAKran, arxiv surat
© pexels.com/Nithin PA
Obuna bo‘lish
Ishlar 12-iyul kuni taxminan soat 22:00 da yakunlanadi, shundan so‘ng issiq suv ta’minoti qayta tiklanadi.
TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. Bugun, 12-iyul kuni, Toshkent shahri Olmazor va Shayxontohur tumanlarining ayrim joylarida issiq suv ta’minoti o‘chirildi. Bu haqda “Veolia Energy Tashkent” kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, issiqlik trassasidagi buzilishlarni bartaraf etish maqsadida Sag‘bon ko‘chasida avariyaviy ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan quyidagi manzillarda issiq suv ta’minoti to‘xtatildi:
Olmazor tumani: Qoraqamish 1/4, 1/3, 2/1, 2/3, 2/4, 2/5-massivlari, Beshqo‘rg‘on 1, 2, 3, 4-massivlari, Yunusov, Chimboy, Kalanova, Olimpiya, ToshGUPI, ToshGosMI, Shifokorlar, Farobiy massivlari, Talabalar shaharchasi;
Shayxontohur tumani: Beltepa, Jarariq, Ibn Sino–1, 2-massivlari, Xuvaydo massivi.
Ishlar 12-iyul kuni taxminan soat 22:00 da yakunlanadi, shundan so‘ng issiq suv ta’minoti qayta tiklanadi.