Toshkentning ikkita tumani elektr ta’minotidan uzildi

© "Hududiy elektr tarmoqlari" Toshkent shahar filialiElektr tarmoqlari
Elektr tarmoqlari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.07.2023
Obuna bo‘lish
Shayxontohur tumanidagi “Ayni” podstansiyasining elektr qurilmasida nosozlik yuzaga keldi.
TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. Toshkentning ikkita tumani elektr ta’minotidan uzildi, deya xabar berdi Energetika vazirligi.
Qayd etilishicha, bugun soat 12:40da Shayxontohur tumanidagi “Ayni” podstansiyasining elektr qurilmasida nosozlik yuzaga kelgan.
Buning natijasida Shayxontohur va Chilonzor tumanlari iste’molchilarining bir qismi elektr ta’minotidan uzilgan.

“Hozirgi vaqtda nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda”, - deyiladi xabarda.

Xabarda keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘ralgan.
Eslatib o‘tamiz, bugun Toshkentning Sergeli, Uchtepa va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chirildi.
Yangiliklar lentasi
0