https://oz.sputniknews.uz/20230712/qoqonda-ilk-marta-turkiy-tilli-yoshlar-festivali-otkazilmoqda-36795752.html
Qo‘qonda ilk marta turkiy tilli yoshlar festivali o‘tkazilmoqda — foto
Qo‘qonda ilk marta turkiy tilli yoshlar festivali o‘tkazilmoqda — foto
Sputnik O‘zbekiston
Kecha Qo‘qon shahrida joylashgan “Kokand University” binosida mazkur tadbirning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
2023-07-12T10:56+0500
2023-07-12T10:56+0500
2023-09-20T13:59+0500
madaniyat
o‘zbekiston
farg‘ona
qo‘qon
festival
yoshlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/0c/36795930_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_c2a62db5fa04cceb0cc316ce238573b4.jpg
TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. Joriy yilning 11-15 iyul kunlari Farg‘ona viloyatida “Turkiy tilli yoshlar xalqaro festivali” o‘tkazilmoqda. Bu haqda Madaniyat va turizm vazirligi xabar berdi.Ushbu festival O‘zbekiston prezidentining “Turkiy davlatlar bilan turizm sohasidagi hamkorlikni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil qilinmoqda.11 iyul kuni Qo‘qon shahrida joylashgan “Kokand University” binosida mazkur tadbirning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.Festival doirasida 3 kun davomida kitobxonlik kuni, milliy va etnosport turlari bo‘yicha sport musobaqalari, madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar, yoshlar uchun biznesni tashkil qilish, hunarmandchilik mahsulotlarini tayyorlash bo‘yicha davra suhbatlari, yoshlar bilan taniqli teatr va kino ijodkorlarining ijodiy muloqotlari, O‘zbekistondagi elchixona konsullari bilan festival ishtirokchilarining uchrashuvlari tashkil etiladi.
o‘zbekiston
qo‘qon
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/0c/36795930_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_5ba52581b795cc82e7b6cbd53ca25d1b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qo‘qon turkiy tilli yoshlar festivali
qo‘qon turkiy tilli yoshlar festivali
Qo‘qonda ilk marta turkiy tilli yoshlar festivali o‘tkazilmoqda — foto
10:56 12.07.2023 (yangilandi: 13:59 20.09.2023) Kecha Qo‘qon shahrida joylashgan “Kokand University” binosida mazkur tadbirning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. Joriy yilning 11-15 iyul kunlari Farg‘ona viloyatida “Turkiy tilli yoshlar xalqaro festivali” o‘tkazilmoqda. Bu haqda Madaniyat va turizm vazirligi
xabar berdi. Ushbu festival O‘zbekiston prezidentining “Turkiy davlatlar bilan turizm sohasidagi hamkorlikni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil qilinmoqda.
11 iyul kuni Qo‘qon shahrida joylashgan “Kokand University” binosida mazkur tadbirning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
“Mamlakatimiz prezidenti tashabbusi bilan turkiy tillarda so‘zlashuvchi davlatlar yoshlari o‘rtasida ushbu festival har ikki yilda doimiy o‘tkazilishi belgilandi. Bu orqali yoshlar o‘rtasida turli g‘oyalarni muhokama qilish, manfaatli loyihalarni amalga oshirish hamda eng muhimi, ular o‘rtasida do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlashga e’tibor qaratganmiz”, - dedi Madaniyat va turizm vazirligi boshqarma boshlig‘i Zarrina Abdullayeva.
Festival doirasida 3 kun davomida kitobxonlik kuni, milliy va etnosport turlari bo‘yicha sport musobaqalari, madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar, yoshlar uchun biznesni tashkil qilish, hunarmandchilik mahsulotlarini tayyorlash bo‘yicha davra suhbatlari, yoshlar bilan taniqli teatr va kino ijodkorlarining ijodiy muloqotlari, O‘zbekistondagi elchixona konsullari bilan festival ishtirokchilarining uchrashuvlari tashkil etiladi.