Qayta tiklanuvchi energiya foydalanuvchilariga soliq imtiyozi beriladi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishQuyosh panellari, arxiv surat
Quyosh panellari, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.07.2023
Obuna bo‘lish
Qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi jismoniy va yuridik shaxslarni mol-mulk solig‘idan, qurilmalar bilan band bo‘lgan yerlar bo‘yicha yer solig‘idan ozod etilishi mumkin.
TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda qayta tiklanadigan energiya manbasidan foydalanuvchilar qator soliqlardan ozod etilishi mumkin. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida tegishli qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.
Hujjat bilan umumiy quvvati 100 kVtgacha bo‘lgan qayta tiklanadigan energiya manbalari qurilmalaridan foydalangan holda umumiy tarmoqqa sotilgan elektr energiyasidan olinadigan daromadlarni foyda solig‘idan ozod etish taklif etilmoqda.
Shu bilan birga, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi jismoniy va yuridik shaxslarni mol-mulk solig‘idan, qurilmalar bilan band bo‘lgan yerlar bo‘yicha yer solig‘idan ozod etish nazarda tutilmoqda.
Deputatlarning ta’kidlashicha, qonun loyihasining qabul qilinishi aholi va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish, energiya samaradorligini oshirish orqali respublika hududlarida energiya taqchilligini bartaraf etish, bu boradagi ishlarni kompleks tashkil etish hamda investorlar uchun qulay sharoitlar va rag‘batlantirish mexanizmlarini belgilash imkonini beradi.
Yangiliklar lentasi
0