Bugun Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsenga qarshi o‘ynaydi

© Milliy olimpiya qo‘mitasiNodirbek Abdusattorov
Nodirbek Abdusattorov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.07.2023
Obuna bo‘lish
Bugun Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsenga qarshi dona suradi.
TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. O‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov bugun "Aimchess Rapid" onlayn turnirining finalida Magnus Karlsenga qarshi o‘ynaydi. Bu haqda Abdusattorovning Telegam-kanalida xabar berildi.
Bugun bo‘lib o‘tadigan turnir finalida Nodirbek Abdusattorov norvegiyalik Magnus Karlsenga qarshi dona suradi. Musobaqa O‘zbekiston vaqti bilan soat 20:00da bo‘lib o‘tadi.
Nodirbek Abdusattorov onlayn turnirning yarim finalida raqibi Levon Aronyanni 2,5:0,5 hisobida mag‘lub etgan. Magnus Karlsen esa 2,5:1,5 hisobida Fabiano Karuano ustidan g‘alaba qozondi.
Eslatib o‘tamiz, iyun oyida Nodirbek Abdusattorov "Norway Chess" musobaqasining 9-turida Magnus Karlsen bilan dona surgan edi. Asosiy vaqtda durang qayd etildi. Armagedonda (oldingi tay-breyklarda g‘olib aniqlanmagan taqdirda o‘ynaladigan o‘yin) Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsendan ustun keldi.
Yangiliklar lentasi
0