https://oz.sputniknews.uz/20230712/mirziyoev-unwto-samarqand-anjumanini-36813803.html
Mirziyoyev UNWTO bosh kotibi bilan Samarqand anjumanini muhokama qildi
Mirziyoyev UNWTO bosh kotibi bilan Samarqand anjumanini muhokama qildi
Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev UNWTO bosh kotibi bilan Samarqand anjumanini muhokama qildi
2023-07-12T19:53+0500
2023-07-12T19:53+0500
2023-07-13T11:52+0500
turizm
samarqand
xalqaro konferensiya
shavkat mirziyoyev
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/0c/36813627_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_94c8db83c3ebed8570d432fac865ea9c.jpg
TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. 2023-yil oxirida Samarqand shahrida yana bir yirik anjuman bo‘lib o‘tadi. Ushbu mavzu prezident Shavkat Mirziyoyevning Jahon turizm tashkiloti (UNWTO) bosh kotibi Zurab Pololikashvili bilan 12-iyul kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvida muhokama qilindi.Shuningdek, O‘zbekistonda zamonaviy va qulay turizm infratuzilmasini yaratish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishga investorlar va brendlarni jalb qilish, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash masalasida hamkorlikni kengaytirish masalasi muhokama qilindi. Eslatib o‘tamiz, UNWTO Bosh Assambleyasini O‘zbekistonda o‘tkazish uchun arizani 2021-yilda topshirgan edi. Ushbu anjuman — xalqaro turizm sohasida yilning eng muhim tadbiri hisoblanadi. Unda jamlanadi. An’anaga ko‘ra, unga dunyoning 150 dan ortiq davlatidan milliy hukumatlarda turizmni rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan yuqori lavozimli mansabdor shaxslar (vazirlar) va xususiy sektorning yuqori martabali vakillari jamlanadi. Delegatlarning umumiy soni 2 mingdan oshadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/0c/36813627_71:0:1210:854_1920x0_80_0_0_e94461a98b3906edc416c9e5bad2face.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev unwto samarqand turizm
shavkat mirziyoyev unwto samarqand turizm
Mirziyoyev UNWTO bosh kotibi bilan Samarqand anjumanini muhokama qildi
19:53 12.07.2023 (yangilandi: 11:52 13.07.2023) Samarqandda oktabr oyida UNWTO Bosh Assambleyasi majlisi bo‘lib o‘tadi. Unda jami 2000ga yaqin delegatlar kelishi kutilmoqda.
TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. 2023 yil oxirida Samarqand shahrida yana bir yirik anjuman bo‘lib o‘tadi. Ushbu mavzu prezident Shavkat Mirziyoyevning Jahon turizm tashkiloti (UNWTO) bosh kotibi Zurab Pololikashvili bilan 12-iyul kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvida muhokama qilindi.
Uchrashuvda 2023-yilning oktabr oyida Samarqand shahrida YuNVTO Bosh assambleyasining 25-sessiyasiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, O‘zbekistonda zamonaviy va qulay turizm infratuzilmasini yaratish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishga investorlar va brendlarni jalb qilish, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash masalasida hamkorlikni kengaytirish masalasi muhokama qilindi.
Eslatib o‘tamiz, UNWTO Bosh Assambleyasini O‘zbekistonda o‘tkazish uchun arizani 2021-yilda topshirgan edi. Ushbu anjuman — xalqaro turizm sohasida yilning eng muhim tadbiri hisoblanadi. Unda jamlanadi.
An’anaga ko‘ra, unga dunyoning 150 dan ortiq davlatidan milliy hukumatlarda turizmni rivojlantirish uchun mas’ul bo‘lgan yuqori lavozimli mansabdor shaxslar (vazirlar) va xususiy sektorning yuqori martabali vakillari jamlanadi. Delegatlarning umumiy soni 2 mingdan oshadi.