Toshkentdagi yangi qurilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘ldi

© Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiMChS
MChS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.07.2023
Obuna bo‘lish
Favqulodda vaziyatlar vazirligiga hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.
TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. Toshkent shahri Mirobod tumanida joylashgan yangi qurilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, kecha tunda soat 22:29 da Toshkent shahar Mirobod tumani Avliyo ota ko‘chasida joylashgan yangi qurilayotgan 14-qavatli binoning 14-qavatidagi lift shaxtasida qurigan taxtalar yongan.
Shunga ko‘ra 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va 2 ta avtonarvon soat 22:35 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 22:54 da o‘rab olingan va soat 23:06 da yong‘in bartaraf etilgan.

“Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi”, - deyiladi xabarda.

Hodisa oqibatida 15 kv.m maydon yonib zararlangan.
Yangiliklar lentasi
0