Kreml Ukraina uchun G7 kafolatlarini Rossiya xavfsizligiga suiqasd deb atadi

© Sputnik / Natalya SeliverstovaMoskva Kremli, arxiv surat
Moskva Kremli, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.07.2023
Obuna bo‘lish
Peskov “Katta yettilik”ning bunday qarori uzoq, o‘rta va hatto qisqa muddatli istiqbolda salbiy oqibatlarga olib kelishini qayd etdi.
TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. “Katta yettilik”ning (G7) Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini taqdim etishi xato va xavfli, chunki bu bilan “yettilik” mamlakatlari Rossiya xavfsizligiga suiqasd qilishadi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga ma’lum qildi.
“Ukrainaga qanday bo‘lsa ham xavfsizlik kafolatlarini taqdim etib, bu mamlakatlar amalda bo‘linmas xavfsizlik xalqaro tamoyilini nazar-pisand qilishmaydi. Ya’ni, Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini taqdim etib, ular Rossiya Federatsiyasi xavfsizligiga suiqasd qilishadi”, - dedi Kreml vakili.
Peskovning so‘zlariga ko‘ra, “Katta yettilik”ning bunday qarori uzoq, o‘rta va hatto qisqa muddatli istiqbolda salbiy oqibatlarga olib keladi.
Avvalroq Oq uy G7 davlatlari Vilyunsdagi NATO sammiti yakunida Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarini taqdim etishini xabar qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0