G7 Ukraina bo‘yicha qo‘shma deklaratsiyani e’lon qildi
21:42 12.07.2023 (yangilandi: 11:47 13.07.2023)
© AP Photo / Virginia MayoPustoy flagshtok mejdu flagami Fransii i Estonii u zdaniya shtab-kvartiri NATO v Brussele
© AP Photo / Virginia Mayo
Obuna bo‘lish
"Katta yettilik" Ukrainani uzoq vaqt qo‘llab-quvvatlash va unga yordam berishga tayyorligini ma’lum qildi.
TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. "Katta yettilik" davlatlari Ukraina bo‘yicha qo‘shma deklaratsiyani e’lon qildi. Unda Ukrainani qo‘llab quvvatlash bo‘yicha uzoq muddatli muddaolar keltirilgan.
“Biz, "Katta yettilik" mamlakatlari yetakchilari, xavfsiz, mustaqil, demokratik va erkin Ukraina strategik maqsadiga sodiqligimizni yana bir bor tasdiqlaymiz. Yevro-Atlantika mintaqasi”, - deyiladi hujjatda.
Deklaratsiyaning asosiy nuqtalari:
G7 davlatlari Ukrainani qancha vaqt kerak bo‘lsa, shuncha qo‘llab-quvvatlaydi.
Kiyevga "kompensatsiya" to‘lanmaguncha, Rossiya aktivlari muzlatilgan holatda qoladi.
G7 Ukraina uchun uzoq masofaga uchuvchi qurollarni yetkazib berishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri deb hisoblaydi.
G7 majburiyatlari Ukrainani mudofaa qilish va kelajakda Rossiyaning ehtimoliy "tajovuz"ini oldini olish uchun barqaror kuch bilan ta’minlashni o‘z ichiga oladi.
G7 Kiyev bilan razvedka ma’lumotlari bilan bo‘lishadi.
G7 Ukraina mudofaa sanoatini yanada rivojlantirishga yordam beradi, Ukraina Qurolli kuchlari vakillarini tayyorgarlikdan o‘tkazadi.
Boshqa davlatlar G7 deklaratsiyasiga istalgan vaqtda qo‘shilishi mumkin.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bugun ta’kidlaganidek, Moskva Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini berish masalasiga salbiy munosabatda. Uning ta’kidlashicha, bu qaror "o‘rta, uzoq va hatto qisqa muddatda juda va juda salbiy oqibatlarga olib kelishi" mumkin.
Kreml, shuningdek, NATO va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarni yaqindan kuzatayotganliklarini ta’kidladi. Moskvada eslatib o‘tilganidek, aynan Kiyev rejimining alyansga qo‘shilishga yo‘naltirilganligi harbiy operatsiya boshlanishiga sabab bo‘lgan.
Bugun, ikki kunlik NATO sammitining ikkinchi kuni Vilnyusda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ishtirokida bo‘lib o‘tmoqda. Kiyev rasmiylari ularni alyansga tezlashtirilgan tartibda qabul qilishdan boshqa, hech qanday natija qoniqtirmasligini bir necha bor bildirgan edi.
"Katta yettilik" rostdanam kattami?
AQSh, Britaniya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Kanada va Yaponiyadan tashkil topgan "Katta yettilik"ni — iqtisodiy yoki harbiy quvvat bo‘yicha dunyoning eng katta davlatlari deb tushunmaslik kerak. Bu shunchaki AQShning ittifoqchilarining siyosiy uyushmasi.
Aslida esa, Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoning eng iqtisodiy kuchli 7 ta davlati quyidagilar: Xitoy, AQSh, Hindiston, Yaponiya, Germaniya, Rossiya va Indoneziya.
"Globalfirepower" nashrining yozishiga ko‘ra, harbiy quvvat bo‘yicha eng kuchli davlatlar mana bular: AQSh, Rossiya, Xitoy, Hindiston, Britaniya, Janubiy Koreya, Pokiston.