Rossiyaning Parijdagi elchixonasi Kiyevga SCALP raketalari berilishiga munosabat bildirdi

© AFP 2023 / Rabih MoghrabiSCALP raketasi, arxiv surat
SCALP raketasi, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.07.2023
Obuna bo‘lish
Fransiya Ukrainaga jami 50 ta SCALP raketasini yetkazib berishga qaror qilgan.
TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. Fransiya Ukrainaga uzoq masofali SCALP raketalarini yetkazib berganlik uchun javobgarlik darajasini anglamog‘i shart. Bu haqda Rossiyaning Parijdagi elchixonasi ma’lum qildi.
“Fransiya tomoni bu qarorni qabul qilganlik munosabati bilan u o‘z zimmasiga olayotgan javobgarlik darajasini anglamog‘i shart”, - deyiladi elchixona xabarida.
Rossiya elchixonasi Parijning bu qaroridan hafsalasini pir bo‘lganini ma’lum qilgan va Kiyev rejimi bu qanotli raketaning Britaniya muqobilidan turar joy hamda fuqarolik infratuzilmalari obyektlariga zarba berish uchun foydalanayotganini ta’kidlagan. Natijada tinch aholi halok bo‘lmoqda.
Avvalroq "Reuters" nashri Fransiya Ukrainaga jami 50 ta uzoq masofali SCALP raketalarini yetkazib berishi haqida xabar qilgan edi.
"Frans Press" agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, birinchi SCALP raketalari allaqachon Ukraina hududiga olib kirilgan.
Storm Shadow/SCALP — havodan uchiriladigan qanotli raketa

U Fransiyaning "Matra "va Britaniyaning "British Aerospace" kompaniyalari hamkorligida ishlab chiqarilgan qurol. Hozirda u Yevropa kompaniyasi MBDA tomonidan ishlab chiqariladi. Bir donasining narxi taxminan ikki million funt sterlingni tashkil qiladi. Amerikaning "The Drive" nashriga ko‘ra eksport variantlari diapazoni 250 kilometrni tashkil etadi, ammo 560 kilometrgacha bo‘lgan modifikatsiyalari ham mavjud.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0