https://oz.sputniknews.uz/20230711/toliq-rossiyada-ishlab-chiqilgan-innopromda-yangi-elektropoed-36777450.html
To‘liq Rossiyada ishlab chiqilgan: "Innoprom"da yangi elektropoyezd taqdim etildi — video
To‘liq Rossiyada ishlab chiqilgan: "Innoprom"da yangi elektropoyezd taqdim etildi — video
Sputnik O‘zbekiston
Yekaterinburgda 10-iyul kuni "Innoprom - 2023" xalqaro sanoat forumi ochildi.
2023-07-11T15:55+0500
2023-07-11T15:55+0500
2023-07-11T16:34+0500
rossiya
iqtisod
video
ko‘rgazma
innoprom xalqaro sanoat ko‘rgazmasi
tezurar poyezd
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/0a/36761838_0:0:1281:720_1920x0_80_0_0_2eb48a6795f2d21a29ac16f35f2bb1de.jpg
TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. Yekaterinburgda bo‘lib o‘tayotgan "Innoprom-2023" xalqaro sanoat ko‘rgazmasida to‘liq Rossiyada ishlab chiqilgan "Lastochka" elektropoyezdi taqdim etildi. Rossiya temir yo‘llari (RJD) allaqachon 22 ta shunday poyezdga buyurtma bergan. Kompaniya ularni joriy yilning 4-choragida Uralskda ishga tushirishni rejalashtirmoqda.Eslatib o‘tamiz, Yekaterinburg shahrida 10-iyul kuni "Innoprom - 2023" xalqaro sanoat forumi ochildi. Bu yil 700 ga yaqin kompaniya, Rossiya-Xitoy ko‘rgazma zonasida yana 400 taga yaqin kompaniya taqdim etilgan. Ishtirokchilarning deyarli 30 foizi o‘z yutuqlarini birinchi marta namoyish qilmoqda.Tashkilotchilarning prognozlariga ko‘ra, "Innoprom"da butun Rossiyadan 35 dan ortiq xalqaro delegatsiyalar va 25 ta mintaqaviy delegatsiyalar ishtirok etadi. Tadbirkorlar uchun savdo vakillari uchun platforma tashkil etilgan."Innoprom"ning birinchi kunida ko‘rgazmaga Belarus, Rossiya va Qozog‘iston bosh vazirlari Roman Golovchenko, Mixail Mishustin va Alixon Smailovlar tashrif buyurishdi."Innoprom" 10 dan 13-iyulgacha Yekaterinburg-Ekspo markazida bo‘lib o‘tadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Video RIA Novosti. Polnostyu rossiyskuyu elektrichku "Lastochka" predstavili na vistavke "Innoprom"
Sputnik O‘zbekiston
Polnostyu rossiyskuyu elektrichku "Lastochka" predstavili na vistavke "Innoprom" v Yekaterinburge. Ona sozdana na baze nemeskoy platformi Desiro. V Rossii ix vipuskayet zavod "Uralskie lokomotivi". RJD uje zakazali 22 takix poyezda. Kompaniya planiruyet zapustit ix na Urale v 4-m kvartale etogo goda.
2023-07-11T15:55+0500
true
PT5M35S
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/0a/36761838_0:0:961:720_1920x0_80_0_0_88fa1246025b0f9c06301f991b6dfc0c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yekaterinburg "innoprom" xalqaro sanoat forumi
yekaterinburg "innoprom" xalqaro sanoat forumi
To‘liq Rossiyada ishlab chiqilgan: "Innoprom"da yangi elektropoyezd taqdim etildi — video
15:55 11.07.2023 (yangilandi: 16:34 11.07.2023) "Innoprom - 2023" xalqaro sanoat forumi bu yil rekord darajada ishtirokchilar va tashrif buyuruvchilarni, bir necha davlatdan hukumat delegatsiyalarini kutmoqda.
TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. Yekaterinburgda bo‘lib o‘tayotgan "Innoprom-2023" xalqaro sanoat ko‘rgazmasida to‘liq Rossiyada ishlab chiqilgan "Lastochka" elektropoyezdi taqdim etildi.
Dastlab u Germaniya bilan hamkorlikda "Desiro" platformasi asosida yaratilgan edi. Keyinchalik uning barcha detallarini ishlab chiqarish Rossiyada yo‘lga qo‘yildi. Elektropoyezd Ural lokomotivlari zavodi tomonidan ishlab chiqariladi.
Rossiya temir yo‘llari (RJD) allaqachon 22 ta shunday poyezdga buyurtma bergan. Kompaniya ularni joriy yilning 4-choragida Uralskda ishga tushirishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Yekaterinburg shahrida 10-iyul kuni "Innoprom - 2023" xalqaro sanoat forumi ochildi. Bu yil 700 ga yaqin kompaniya, Rossiya-Xitoy ko‘rgazma zonasida yana 400 taga yaqin kompaniya taqdim etilgan. Ishtirokchilarning deyarli 30 foizi o‘z yutuqlarini birinchi marta namoyish qilmoqda.
Tashkilotchilarning prognozlariga ko‘ra, "Innoprom"da butun Rossiyadan 35 dan ortiq xalqaro delegatsiyalar va 25 ta mintaqaviy delegatsiyalar ishtirok etadi. Tadbirkorlar uchun savdo vakillari uchun platforma tashkil etilgan.
"Innoprom"ning birinchi kunida ko‘rgazmaga Belarus, Rossiya va Qozog‘iston bosh vazirlari Roman Golovchenko, Mixail Mishustin va Alixon Smailovlar tashrif buyurishdi.
"Innoprom" 10 dan 13-iyulgacha Yekaterinburg-Ekspo markazida bo‘lib o‘tadi.