https://oz.sputniknews.uz/20230711/sport-tovar-bojxona-boj-imtiyoz-36770580.html
Ayrim tovarlar uchun bojxona bojini to‘lashda imtiyozlar berilishi kutilmoqda
Ayrim tovarlar uchun bojxona bojini to‘lashda imtiyozlar berilishi kutilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan sport tovarlarini import qilinganda bojxona bojini to‘lashda 50 foizga qadar imtiyoz berilishi belgilanmoqda.
2023-07-11T11:33+0500
2023-07-11T11:33+0500
2023-07-11T16:49+0500
sport
jamiyat
o‘zbekiston
deputatlar
oliy majlis qonunchilik palatasi
bojxona
bojxona boji
https://cdn1.img.sputniknews.uz/i/logo/logo-social.png
TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. Ayrim tovarlar uchun bojxona bojini to‘lashda imtiyozlar berilishi kutilmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida “O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.Aytilishicha, ushbu qonun loyihasida bojxona bojidan ozod etish tarzidagi tarif imtiyozlari qanday tartibda berilishi bo‘yicha aniqlik kiritildi.Unga ko‘ra, O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan sport kiyimlari, ashyolari, oyoq kiyimlari, sport anjomlari, jihozlar hamda uskunalarni xorijdan import qilinganda bojxona bojini to‘lashda 50 foizga qadar imtiyoz berilishi belgilanmoqda.Tovarlar ro‘yxati Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan shakllantirilgan. Ular davlat hamda nodavlat sport-ta’lim tashkilotlarining ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sport tovarlar bojxona boj imtiyoz deputatlar
sport tovarlar bojxona boj imtiyoz deputatlar
Ayrim tovarlar uchun bojxona bojini to‘lashda imtiyozlar berilishi kutilmoqda
11:33 11.07.2023 (yangilandi: 16:49 11.07.2023) O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan sport tovarlarini import qilinganda bojxona bojini to‘lashda 50 foizga qadar imtiyoz berilishi belgilanmoqda.
TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. Ayrim tovarlar uchun bojxona bojini to‘lashda imtiyozlar berilishi kutilmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda
ma’lum qilindi. Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida “O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
Aytilishicha, ushbu qonun loyihasida bojxona bojidan ozod etish tarzidagi tarif imtiyozlari qanday tartibda berilishi bo‘yicha aniqlik kiritildi.
Unga ko‘ra, O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan sport kiyimlari, ashyolari, oyoq kiyimlari, sport anjomlari, jihozlar hamda uskunalarni xorijdan import qilinganda bojxona bojini to‘lashda 50 foizga qadar imtiyoz berilishi belgilanmoqda.
Tovarlar ro‘yxati Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan shakllantirilgan. Ular davlat hamda nodavlat sport-ta’lim tashkilotlarining ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan.