Qarshida ikki bemorga buyrak ko‘chirib o‘tkazildi — ularning ahvoli qanday?

© Ministerstvo zdravooxraneniyaTransplantatsiya pochki
Transplantatsiya pochki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.07.2023
Obuna bo‘lish
Qayd etilishicha, ayni paytda ikkala bemor va donorlarning ahvoli yaxshi. Ko‘chirib o‘tkazilgan buyraklar meyorda ishlayapti.
TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qashqadaryo filialida 2 nafar bemorda buyrak transplantatsiyasi muvaffaqiyatli bajarildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, yakkabog‘lik 34 yoshli bemor ayol Q.O. 2015-yildan beri surunkali glomerulonefrit bo‘yicha davolanib kelgan. 2016-yildan beri gemodializ muolajalari olishga majbur bo‘lgan ayolga opasining bir buyragi ko‘chirib o‘tkazildi.
Shuningdek, nishonlik 33 yoshli bemor erkak P.A. yil boshidan beri gemodializ seansini olib kelgan. Bemorga akasi donorlik qildi.
Qayd etilishicha, ayni paytda ikkala bemor va donorlarning ahvoli yaxshi. Ko‘chirib o‘tkazilgan buyraklar meyorda ishlayapti. Davo muolajalari standart asosida davom ettirilmoqda.
Operatsiyalarni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va uning viloyat filiali malakali jarrohlari bajardi. Qashqadaryoda amalga oshirilgan transplantatsiya operatsiyalari soni 5 taga yetdi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevral oyida Surxondaryoda ilk bor ishlab turgan yurakda jarrohlik amaliyoti bajarilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0