O‘zbekistonda "yashil" vodorod ishlab chiqaruvchi birinchi zavod ishga tushiriladi — manzil

© MIPTLaziz Kudratov ACWA Power kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayan bilan muzokaralar o‘tkazdi
Laziz Kudratov ACWA Power kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayan bilan muzokaralar o‘tkazdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.07.2023
Obuna bo‘lish
Qurilish ishlari shu yilning kuzida boshlanishi rejalashtirilgan.
TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda "yashil" vodorod ishlab chiqaruvchi birinchi zavod ishga tushiriladi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar berdi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov ACWA Power kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayan bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Bugungi kunda kompaniyaning mamlakatdagi investitsiya portfeli umumiy qiymati 6,8 milliard dollardan ortiq va umumiy quvvati 5,5 GVt dan ortiq bo‘lgan 8 ta loyihadan iborat.

"Kompaniya muvaffaqiyati O‘zbekistonni qulay investitsaviy yo‘nalish va Markaziy Osiyo mintaqasida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish bo‘yicha yetakchi markaz sifatida ilgari surishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi", - deyiladi xabarda.

Quyidagi stansiyalarni qurish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish muhokama qilindi:
Sirdaryo viloyatida quvvati 1,5 GVt bo‘lgan bug‘-gaz elektr stansiyasi;
Buxoro viloyati va Qoraqalpog‘iston respublikasida umumiy quvvati 2,6 GVtga teng shamol elektr stansiyalari;
Samarqand va Toshkent viloyatlarida 1,4 GVt quvvatga ega quyosh stansiyalari.
Alohida tartibda bir qator yangi tashabbuslar ko‘rib chiqildi. Shu tariqa, tomonlar zarur jarayonlar yakunlangani va yiliga 3 ming tonna quvvatga ega “yashil” vodorod ishlab chiqaruvchi zavod qurilishi loyihasi bo‘yicha yangi kelishuvlar tuzilganini olqishladi.
Qurilish ishlari joriy yilning kuzida boshlanishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, shamol turbinalari uchun uskunalar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihasini jadallashtirish istiqbollari muhokama qilindi.
Ikkala tomonning fikriga ko‘ra, mazkur loyihaning O‘zbekistonda amalga oshirilishi qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish geografiyasi va hajmlarini sezilarli darajada kengaytiradi va mazkur texnologiyalarning ichki bozorda ommabopligini oshiradi.
Yangiliklar lentasi
0