https://oz.sputniknews.uz/20230711/nato-sovuq-urushdan-keyin-birinchi-marta-rossiyaga-qarshi-reja-tuzdi-36770342.html
NATO Sovuq urushdan keyin ilk bor Rossiyaga qarshi reja tuzdi
NATO Sovuq urushdan keyin ilk bor Rossiyaga qarshi reja tuzdi
Sputnik O‘zbekiston
Vilnyusda 11-12 iyul kunlari bo‘lib o‘tayotgan NATO sammitida alyans a’zolari mintaqaviy rejalar tuzishga kelishib olishni rejalashtirgan.
2023-07-11T13:58+0500
2023-07-11T13:58+0500
2023-07-11T14:52+0500
rossiya
nato
ukraina
sammit
moskva
kreml
yevropa ittifoqi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/0b/36770007_0:19:1350:778_1920x0_80_0_0_b42e72aeedbc564213244c42e4bc9cdb.jpg
TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. NATO Sovuq urush davridan beri birinchi marta Rossiyaning ehtimoliy hujumiga javob berish rejasini kelishib oldi. Bu haqda Reuters agentligi uch diplomat so‘zlariga tayanib xabar berdi.Nashr buni muhim siljish deb atamoqda va tashkilot Sovuq urush davridan beri birinchi marta bunday hujjat tayyorlashga qaror qilganini ta’kidlaydi.May oyida Reuters agentligi bergan xabarga ko‘ra, 11-12 iyul kunlari Vilnyusda bo‘lib o‘tadigan sammitda NATO Rossiya chegaralari yaqinida harbiy kuchlarni kuchaytirish bo‘yicha yangi rejalarni ma’qullash niyatida edi. Bundan tashqari, blok a’zolari harbiy idoralar va jamoaviy qo‘mondonlik o‘rtasidagi aloqalar darajasini kuchaytirish, shuningdek, Moskva bilan ziddiyat yuzaga kelgan taqdirda bo‘linmalarning jangovar tayyorgarligini oshirish masalalarini muhokama qilishadi.So‘nggi yillarda Rossiya NATOning g‘arbiy chegaralarida misli ko‘rilmagan darajadagi faolligini qayd etmoqda. Kreml Moskva hech kimga tahdid qilmasligini, lekin uning manfaatlariga potensial xavfli bo‘lgan xatti-harakatlarni e’tibordan chetda qoldirmasligini bir necha bor ta’kidlagan.Rossiya, shuningdek, Vladimir Zelenskiyning Ukrainani ittifoqqa qabul qilinishi haqidagi muntazam iltimoslaridan xabardor. Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Moskva vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda va aynan Kiyev rejimining ittifoqqa qo‘shilish maqsadi maxsus operatsiya boshlanishiga sabab bo‘lganini eslaydi.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/0b/36770007_0:0:1200:900_1920x0_80_0_0_4ed2f472fe5b7b6bfb704a1c0ee2e5d9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
nato rossiya reja himoya hujum
nato rossiya reja himoya hujum
NATO Sovuq urushdan keyin ilk bor Rossiyaga qarshi reja tuzdi
13:58 11.07.2023 (yangilandi: 14:52 11.07.2023) Shu kunlarda Vilnyusda NATO sammiti bo‘lib o‘tmoqda.Unda alyans a’zolari mintaqaviy rejalar tuzishga kelishib olishni rejalashtirgan.
TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. NATO Sovuq urush davridan beri birinchi marta Rossiyaning ehtimoliy hujumiga javob berish rejasini kelishib oldi. Bu haqda Reuters agentligi uch diplomat so‘zlariga tayanib xabar berdi.
“NATO ittifoqchilari Rossiya hujumiga qanday javob qaytarishi mumkinligi bo‘yicha mintaqaviy rejalar kelishuviga erishdilar…”, — deyilgan xabarda.
Nashr buni muhim siljish deb atamoqda va tashkilot Sovuq urush davridan beri birinchi marta bunday hujjat tayyorlashga qaror qilganini ta’kidlaydi.
May oyida Reuters agentligi bergan xabarga ko‘ra, 11-12 iyul kunlari Vilnyusda bo‘lib o‘tadigan sammitda NATO Rossiya chegaralari yaqinida harbiy kuchlarni kuchaytirish bo‘yicha yangi rejalarni ma’qullash niyatida edi. Bundan tashqari, blok a’zolari harbiy idoralar va jamoaviy qo‘mondonlik o‘rtasidagi aloqalar darajasini kuchaytirish, shuningdek, Moskva bilan ziddiyat yuzaga kelgan taqdirda bo‘linmalarning jangovar tayyorgarligini oshirish masalalarini muhokama qilishadi.
So‘nggi yillarda Rossiya NATOning g‘arbiy chegaralarida misli ko‘rilmagan darajadagi faolligini qayd etmoqda. Kreml Moskva hech kimga tahdid qilmasligini, lekin uning manfaatlariga potensial xavfli bo‘lgan xatti-harakatlarni e’tibordan chetda qoldirmasligini bir necha bor ta’kidlagan.
Rossiya, shuningdek, Vladimir Zelenskiyning Ukrainani ittifoqqa qabul qilinishi haqidagi muntazam iltimoslaridan xabardor. Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Moskva vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda va aynan Kiyev rejimining ittifoqqa qo‘shilish maqsadi maxsus operatsiya boshlanishiga sabab bo‘lganini eslaydi.