Eng ko‘p elektron transport kartalarini kim sotib olgani ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovYedinaya karta oplati
Yedinaya karta oplati - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.07.2023
Obuna bo‘lish
Iyun oyida jami sotilgan elektron transport kartalar uchun tariflari soni 71 775 taga teng bo‘ldi.
TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. Bir oy ichidaTalaba metro” elektron transport kartalari eng ko‘p sotildi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” xabar berdi.
Qayd etilishicha, iyun oyida jami sotilgan elektron transport kartalar uchun tariflari soni 71 775 taga teng bo‘ldi. Ular orasida eng ko‘p kartalar talabalar tomonidan xarid qilingan. Shuningdek, yozgi ta’til bo‘lishiga qaramay, kartalarni xarid qilgan o‘quvchilar soni 6 mingdan oshgan.
Elektron transport kartalarining sotilish holati:
N (Nafaqa) - 8 794 ta;
NM (Nafaqa metro) - 0;
T (Talaba) - 11 662 ta;
TM (Talaba metro) - 32 871 ta;
O‘ (O‘quvchi) - 3 013 ta;
O‘M (O‘quvchi metro) - 3 822 ta;
AV (Avtobus) - 6 780 ta;
AVM (Avtobus metro) - 4 833 ta.
Eslatib o‘tamiz, respublikada jami 190 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari (OTM) mavjud bo‘lib, ularda 1 milliondan ortiq talaba tahsil oladi. Eng ko‘p oliy o‘quv yurtlari poytaxtda joylashgan. Toshkentdagi 82 ta oliy o‘quv yurtida 350 mingdan ortiq talaba o‘qiydi.
Yangiliklar lentasi
0