https://oz.sputniknews.uz/20230711/chotqol-qoriqxonasi-yongin-36782908.html
FVV Chotqol qo‘riqxonasidagi yong‘inga qarshi kurashmoqda
FVV Chotqol qo‘riqxonasidagi yong‘inga qarshi kurashmoqda
Sputnik O‘zbekiston
11 iyul kuni soat 14:00 Chotqol qo‘riqxonasining Maydontol va Laylakchi bo‘limlari hududida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar kelib tushgan.Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in maydoni o‘rmonning 10 gektardan 20 gektargacha bo‘lgan hududni tashkil etadi.
2023-07-11T20:19+0500
2023-07-11T20:19+0500
2023-07-11T20:19+0500
hodisalar
yong‘in
toshkent viloyati
favqulodda vaziyatlar vazirligi (fvv)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/0b/36782744_125:0:1156:580_1920x0_80_0_0_449261036ce318d9735c8c065cbc36f5.jpg
TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. Favqulodda vaziyatlar, Mudofaa va Ekologiya vazirliklari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Chotqol davlat biosfera rezervati hududidagi yong‘inni o‘chirmoqda.FVV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 11-iyul kuni soat 14:00 Chotqol qo‘riqxonasining Maydontol va Laylakchi bo‘limlari hududida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar kelib tushgan.Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in maydoni o‘rmonning 10 gektardan 20 gektargacha bo‘lgan hududni tashkil etadi.FVV o‘rmon yong‘inlarini bartaraf etish bo‘yicha maxsus otradi xodimlari zudlik bilan manzilga yetib borgan. Yong‘inni bartaraf etishga Mudofaa, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirliklari hamda boshqa ixtisoslashtirilgan tuzilmalarning kuch va vositalari ham jalb etilgan.Ta’kidlanishicha, vaziyat to‘liq nazorat ostida. Yong‘inni o‘chirish bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot keyinroq taqdim etiladi.Eslatib o‘tamiz, 8-iyul kuni ham Chotqol qo‘riqxonasi hududida yong‘in sodir bo‘lgan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/0b/36782744_282:4:1069:594_1920x0_80_0_0_85f0bcef73c079754a500a50594d311f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
chotqol qo‘riqxonasi yong‘in fvv
chotqol qo‘riqxonasi yong‘in fvv
FVV Chotqol qo‘riqxonasidagi yong‘inga qarshi kurashmoqda
Yong‘inni bartaraf etishga Mudofaa, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirliklari kuch va vositalari ham jalb etilgan.
TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. Favqulodda vaziyatlar, Mudofaa va Ekologiya vazirliklari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Chotqol davlat biosfera rezervati hududidagi yong‘inni o‘chirmoqda.
FVV matbuot xizmati
xabariga ko‘ra, 11-iyul kuni soat 14:00 Chotqol qo‘riqxonasining Maydontol va Laylakchi bo‘limlari hududida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar kelib tushgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in maydoni o‘rmonning 10 gektardan 20 gektargacha bo‘lgan hududni tashkil etadi.
FVV o‘rmon yong‘inlarini bartaraf etish bo‘yicha maxsus otradi xodimlari zudlik bilan manzilga yetib borgan. Yong‘inni bartaraf etishga Mudofaa, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirliklari hamda boshqa ixtisoslashtirilgan tuzilmalarning kuch va vositalari ham jalb etilgan.
Ta’kidlanishicha, vaziyat to‘liq nazorat ostida. Yong‘inni o‘chirish bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot keyinroq taqdim etiladi.
Eslatib o‘tamiz, 8-iyul kuni ham Chotqol qo‘riqxonasi hududida yong‘in
sodir bo‘lgan edi.