https://oz.sputniknews.uz/20230711/buxoro-biennale-36785537.html
Buxoroda ilk Biyennale bo‘lib o‘tadi
Buxoroda ilk Biyennale bo‘lib o‘tadi
Sputnik O‘zbekiston
Biyennaleni o‘tkazish maqsadlaridan biri — O‘zbekistonning xalqaro san’at hamjamiyatiga qo‘shilishi hamda uning jahon miqyosida madaniy-tarixiy nufuzini yuksaltirish.
2023-07-11T21:20+0500
2023-07-11T21:20+0500
2023-07-11T21:20+0500
madaniyat
buxoro
saida mirziyoyeva
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/0b/36785331_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_df7f8651014d564b4291e132b8695ad1.jpg
TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. 2025-yilda Buxoroda ilk Biyennale bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Prezident administratsiyasi Ijro etuvchi apparatining Kommunikatsiyalar va axborot siyosati bo‘yicha sho‘’ba mudiri Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.Uning so‘zlariga ko‘ra, Biyennaleni o‘tkazish maqsadlaridan biri — O‘zbekistonning xalqaro san’at hamjamiyatiga qo‘shilishi hamda uning jahon miqyosida madaniy-tarixiy nufuzini yuksaltirish.Ta’kidlanishicha, Biyennale tashkil etish va o‘tkazish asnosida mahalliy va xorijiy ustalar hamda ijodkorlarning muloqot qilish imkoniyatlari yaratiladi. Bu esa mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashishga, shuningdek, an’anaviy hunarmandchilik salohiyatlarini zamonaviy ruhda ochib berishga zamin yaratadi.“Oldimizda ushbu loyihani amalga oshirish vazifasi turibdi. Ishonaman, Buxoroda ilk Biyennaleni o‘tkazish xalqaro hamjamiyat e’tiborini qozonadi hamda qadimiy va tarixiy shahrimizni mutaxassis va sayyohlar tomonidan yanada kengroq kashf etilishiga yordam beradi”, - deya yozdi Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/0b/36785331_71:0:1210:854_1920x0_80_0_0_93b451e5d8a638f90dab7676595c2acd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
buxoro 2025-yilda ilk biyennale saida mirziyoyeva
buxoro 2025-yilda ilk biyennale saida mirziyoyeva
Buxoroda ilk Biyennale bo‘lib o‘tadi
Ta’kidlanishicha, Biyennaleni o‘tkazish maqsadlaridan biri O‘zbekistonning xalqaro san’at hamjamiyatiga qo‘shilishidir.
TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. 2025 yilda Buxoroda ilk Biyennale bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Prezident administratsiyasi Ijro etuvchi apparatining Kommunikatsiyalar va axborot siyosati bo‘yicha sho‘’ba mudiri Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Biyennaleni o‘tkazish maqsadlaridan biri — O‘zbekistonning xalqaro san’at hamjamiyatiga qo‘shilishi hamda uning jahon miqyosida madaniy-tarixiy nufuzini yuksaltirish.
Ta’kidlanishicha, Biyennale tashkil etish va o‘tkazish asnosida mahalliy va xorijiy ustalar hamda ijodkorlarning muloqot qilish imkoniyatlari yaratiladi. Bu esa mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashishga, shuningdek, an’anaviy hunarmandchilik salohiyatlarini zamonaviy ruhda ochib berishga zamin yaratadi.
“Oldimizda ushbu loyihani amalga oshirish vazifasi turibdi. Ishonaman, Buxoroda ilk Biyennaleni o‘tkazish xalqaro hamjamiyat e’tiborini qozonadi hamda qadimiy va tarixiy shahrimizni mutaxassis va sayyohlar tomonidan yanada kengroq kashf etilishiga yordam beradi”, - deya
yozdi Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida.