Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

"Bu tamom": Pentagon maslahatchisi Kiyevga hech narsa yordam bermasligi haqida ogohlantirdi

© AP Photo / Kostiantyn LiberovYarador ukrainalik harbiylar, arxiv surat
Yarador ukrainalik harbiylar, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.07.2023
Obuna bo‘lish
Pentagonning sobiq maslahatchisi Makgregor Ukrainaga hech narsa yordam bera olmasligini aytdi.
TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. Ukrainaga mojaroda g‘alaba qozonishiga hech narsa yordam bera olmaydi, dedi Pentagonning sobiq maslahatchisi polkovnik Duglas Makgregor "Judging Freedom" kanaliga bergan intervusida.

"Ukraina sarosimaga tushib qoldi. Ukraina eng yomon ma’noda halokat chizig‘idan bir qadamda. Bu falokat <...> U yerda har qanday qurol yetkazib berish hech narsani o‘zgartirmaydi. Hozir juda kech, bu tamom degani", — dedi Makgregor.

Shuningdek, u Ukraina mojarosi, NATO ichidagi bo‘linish tufayli ko‘plab G‘arb davlatlari umidsizlikka tushib qolganini ta’kidladi. Ukraina uchun, polkovnikning so‘zlariga ko‘ra, "muzokaralar olib borish va mumkin bo‘lgan narsani olish"dan boshqa yo‘l yo‘q, chunki Kiyev Rossiyaga hech qanday shart qo‘yishga qodir emas.
Avvalroq Makgregor Ukraina Qurolli kuchlarida ko‘p sonli dezertirlik holatlari qayd etilayotgani, Ukraina fuqarolari esa mamlakatni to‘da-to‘da bo‘lib tark etayotgani haqida ma’lum qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ukrainaliklar orasida Zelenskiy siyosatidan norozilik kuchaymoqda.
Yangiliklar lentasi
0