Vibori prezidenta Uzbekistana — 2023 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2023
O‘zbekiston prezidenti saylovi — 2023
O‘zbekistonda muddatidan ilgari prezidenti saylovi 2023-yil 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Putin Mirziyoyevni saylovdagi ishonchli g‘alabasi bilan tabrikladi

© Sputnik / Aleksandr Kazakov / Mediabankka o‘tishRossiya Prezidenti V. Putin ShHTga a’zo davlatlar Davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etdi.
Rossiya Prezidenti  V. Putin ShHTga a’zo davlatlar Davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etdi.
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.07.2023
Obuna bo‘lish
Markaziy saylov komissiyasi e’lon qilgan dastlabki natijalarga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev 87,05 foiz ovoz bilan saylovda g‘alaba qozongan.
TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston prezidenti lavozimiga qayta saylangan Shavkat Mirziyoyevga tabrik yo‘lladi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.
“Saylovdagi ishonchli g‘alabangiz Sizning yuqori siyosiy obro‘yingizni tasdiqlaydi, mamlakatning yanada izchil rivojlanishi, uning xalqaro mavqeyini mustahkamlash, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan Siz tomoningizdan o‘tkazilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni xalq har taraflama qo‘llab-quvvatlayotganidan dalolat beradi”, - deyiladi tabrikda.
Rossiya rahbari birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan barcha ikki tomonlama aloqalarda o‘zaro manfaatli hamkorlik izchil rivojlanishiga ishonch bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, 9-iyul kuni muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti saylovi bo‘lib o‘tdi. Respublika Markaziy saylov komissiyasi e’lon qilgan dastlabki natijalarga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev 87,05 foiz ovoz bilan saylovda g‘alaba qozongan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, saylovda saylovchilarning 79,88 foizi qatnashgan.
Yangiliklar lentasi
0