https://oz.sputniknews.uz/20230710/putin-isyondan-song-prigojin-bilan-kremlda-uchrashdi-36753881.html
Putin isondan so‘ng Prigojin bilan Kremlda uchrashdi
Putin isondan so‘ng Prigojin bilan Kremlda uchrashdi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya prezidenti Vladimir Putin qo‘zg‘olonga urinishdan besh kun o‘tib Kremlda “Vagner” xususiy harbiy kompaniya (XHK) rahbariyati bilan uchrashdi
2023-07-10T15:38+0500
2023-07-10T15:38+0500
2023-07-10T15:39+0500
dunyoda
rossiya
vladimir putin
"vagner" xususiy harbiy kompaniya
yevgeniy prigojin
dmitriy peskov
aleksandr lukashenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/0d/35942526_0:0:2968:1669_1920x0_80_0_0_58ffbd286e9185f753631831ac455522.jpg
TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin qo‘zg‘olonga urinishdan besh kun o‘tib Kremlda “Vagner” xususiy harbiy kompaniya (XHK) rahbariyati bilan uchrashdi, dedi davlat rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov."Haqiqatan ham prezidentning shunday uchrashuvi bor edi. Unga 35 kishini taklif qildi. Barcha otrad komandirlari va shirkat rahbariyati. Shu jumladan Prigojinning o‘zi ham. Bu uchrashuv 29-iyun kuni Kremlda bo‘lib o‘tdi. U deyarli uch soat davom etdi", — dedi u jurnalistlarga.Peskov ushbu uchrashuv tafsilotlari ma’lum emasligini ta’kidladi, ammo masalalarni sanab o‘tdi.Eslatib o‘tamiz, 24-iyunga o‘tar kechasi "Vagner" XHK qo‘shinlari Rostov-na-Donudagi Janubiy harbiy okrugi shtabini egallab oldi va harbiy kolonna Moskva tomon yo‘lga chiqqanini e’lon qildi.Rossiya prezidenti Vladimir Putin xususiy harbiy kompaniya harakatlarini "xoinlik" deb atadi. Kompaniya rahbari Yevgeniy Prigojinga qarshi jinoiy ish ochildi.Keyinchalik Belarus prezidentining matbuot xizmati Aleksandr Lukashenko Vladimir Putin bilan kelishgan holda Prigojin bilan muzokaralar o‘tkazib, harbiy kolonnani orqaga qaytarishga ko‘ndirganini xabar qildi.Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Prigojinga qarshi jinoiy ish tugatilishi va u Belarusga ketishini ma’lum qildi. Kreml vakili oliy maqsad qon to‘kilishining va ichki ixtilofning oldini olish bo‘lganini ta’kidladi.27 iyun kuni “Vagner” XHK qurolli isoni to‘g‘risidagi jinoiy ish jinoiy harakatlar to‘xtatilgani sabab tugatilgani ma’lum bo‘ldi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/0d/35942526_0:0:2732:2048_1920x0_80_0_0_fa0adb70b8357e14a1abc2acecd207d0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
putin prigojin kremlda uchrashdi
putin prigojin kremlda uchrashdi
Putin isondan so‘ng Prigojin bilan Kremlda uchrashdi
15:38 10.07.2023 (yangilandi: 15:39 10.07.2023) Peskov: Putin Prigojin bilan 29-iyun kuni Kremlda uchrashdi.
TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin qo‘zg‘olonga urinishdan besh kun o‘tib Kremlda “Vagner” xususiy harbiy kompaniya (XHK) rahbariyati bilan uchrashdi, dedi davlat rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
"Haqiqatan ham prezidentning shunday uchrashuvi bor edi. Unga 35 kishini taklif qildi. Barcha otrad komandirlari va shirkat rahbariyati. Shu jumladan Prigojinning o‘zi ham. Bu uchrashuv 29-iyun kuni Kremlda bo‘lib o‘tdi. U deyarli uch soat davom etdi", — dedi u jurnalistlarga.
Peskov ushbu uchrashuv tafsilotlari ma’lum emasligini ta’kidladi, ammo masalalarni sanab o‘tdi.
Biz aytishimiz mumkin bo‘lgan yagona narsa shuki, prezident maxsus harbiy operatsiya vaqtida kompaniyaning frontdagi harakatlariga baho berdi, shuningdek, 24-iyun voqealariga ham o‘z bahosini berdi. Putin qo‘mondonlarning tushuntirishlarini tingladi va ularga ishga joylashish imkoniyatlari taklif qildi, — dedi Peskov.
Eslatib o‘tamiz, 24-iyunga o‘tar kechasi "Vagner" XHK qo‘shinlari Rostov-na-Donudagi Janubiy harbiy okrugi shtabini
egallab oldi va harbiy kolonna Moskva tomon yo‘lga chiqqanini e’lon qildi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin xususiy harbiy kompaniya harakatlarini "xoinlik"
deb atadi. Kompaniya rahbari Yevgeniy Prigojinga qarshi
jinoiy ish ochildi.Keyinchalik Belarus prezidentining matbuot xizmati Aleksandr Lukashenko Vladimir Putin bilan kelishgan holda Prigojin bilan muzokaralar o‘tkazib, harbiy kolonnani orqaga qaytarishga ko‘ndirganini
xabar qildi.Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Prigojinga qarshi jinoiy ish tugatilishi va u Belarusga ketishini ma’lum qildi. Kreml vakili oliy maqsad qon to‘kilishining va ichki ixtilofning oldini olish bo‘lganini
ta’kidladi.27 iyun kuni “Vagner” XHK qurolli isoni to‘g‘risidagi jinoiy ish jinoiy harakatlar to‘xtatilgani sabab tugatilgani ma’lum bo‘ldi.