Poytaxtning to‘rtta tumanida “svet” vaqtincha o‘chiriladi

© unsplash/Sixteen Miles OutLampochka, arxiv surat
Lampochka, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.07.2023
Obuna bo‘lish
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Toshkentning ayrim joylarida elektr energiyasi o‘chiriladi.
TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. 11-iyul kuni Toshkent shahrining to‘rtta tumanida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi, deya xabar bermoqda “Hududiy elektr tarmoqlari"ning poytaxt filiali matbuot xizmati.
Ta’kidlanishicha, bu iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasini yetkazib berish, elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Elektr energiyasi vaqtincha o‘chiriladigan hududlar:
Yangihayot tumani, "Jaloir" MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00 dan 17:00 gacha;
Yashnobod tumani, "Tovkentepa" MFYning Yangihayot ko‘chasida soat 10:00 dan 17:00 gacha;
Yunusobod tumani, "Otchopar" MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha;
Yakkasaroy tumani, "Konstitutsiya" MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00 dan 16:00 gacha.
Xabarda bu hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi qo‘shimcha qilingan.
Yangiliklar lentasi
0