O‘zbekistonlik para yengil atletikachi Fransiyada jahon chempioni bo‘ldi

© Ministerstvo molodejnoy politiki i sportaO‘zbekistonlik para yengil atletikachi Fransiyada jahon chempioni bo‘ldi
O‘zbekistonlik para yengil atletikachi Fransiyada jahon chempioni bo‘ldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.07.2023
Obuna bo‘lish
Uzunlikka sakrash bahslarida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Asila Mirzayorova 5 metr 13 sm natija bilan eng yaxshi natijani qayd etdi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.
TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. Kecha, 9-iyul kuni Parij shahrida para yengil atletika bo‘yicha jahon chempionati boshlandi. Unda o‘zbekistonlik sportchi Asila Mirzayorova oltin medalni qo‘lga kiritdi, deb xabar berdi Yoshlar siyosati va sport vazirligi.
Ayollar o‘rtasida T11 klassida uzunlikka sakrash bahslarida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Asila Mirzayorova 5 metr 13 sm natija bilan eng yaxshi natijani qayd etdi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.
E’tiborlisi, Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlari kumush medal sohibi hisoblangan Asila Mirzayorova jahon chempionatidagi ushbu natijasi orqali kelgusi yil Parijda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi yozgi Paralimpiya o‘yinlariga litsenziyani ham qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, ayollar o‘rtasida F41 klassida yadro uloqtirish bahslarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchi Kubaro Hakimova 9 metr 83 sm natija bilan kumush medalni qo‘lga kiritdi.
© Ministerstvo molodejnoy politiki i sportaUzbekskiy parasportsmen stal chempionom mira vo Fransii
Uzbekskiy parasportsmen stal chempionom mira vo Fransii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.07.2023
Uzbekskiy parasportsmen stal chempionom mira vo Fransii
Yosh iqtidorli para atlet ham ushbu natijasi orqali Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga litsenziyani naqd qilib qo‘ydi.
Yangiliklar lentasi
0