https://oz.sputniknews.uz/20230710/ozarbayjon-va-turkiya-prezidentlari-mirziyoev-galaba-36744367.html
Ozarbayjon va Turkiya prezidentlari Mirziyoyevni g‘alaba bilan qutladi
Ozarbayjon va Turkiya prezidentlari Mirziyoyevni g‘alaba bilan qutladi
Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Aliyev va Erdog‘an bilan telefon orqali muloqot qildi.
2023-07-10T12:17+0500
2023-07-10T12:17+0500
2023-07-10T15:15+0500
siyosat
o‘zbekiston
ozarbayjon
ilhom aliyev
turkiya
rejep tayyip erdog‘an
o‘zbekistonda prezident saylovi
shavkat mirziyoyev
o‘zbekiston prezidenti saylovi — 2023
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/15/36171346_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_086a1de42cbc366a63ad7d03e16e988f.jpg
TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni prezident saylovidagi ishonchli g‘alabasi bilan samimiy tabriklab, do‘st O‘zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladi. Bu haqda Mirziyoyevning matbuot xizmatida xabar berildi.Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rishga alohida e’tibor qaratildi. Iqtisodiy kun tartibidagi masalalarni ikki mamlakat hukumatlari darajasida puxta ishlab chiqish muhimligi ta’kidlandi.Xalqaro tashkilotlar, shu jumladan Qo‘shilmaslik harakati va Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi hamkorlik yuzasidan ham fikr almashildi.Shuningdek, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi. Unda oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining bo‘lajak yig‘ilishiga birgalikda har tomonlama tayyorgarlik ko‘rish zarurligi haqida so‘z bordi.Keyingi yillarda O‘zbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarida yuksak darajaga erishilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.Faol muloqot va almashinuvlarni davom ettirish, o‘zaro savdo hajmini oshirish, muhim investitsiya loyihalari va gumanitar dasturlarni amalga oshirishga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Eslatib o‘tamiz, kecha, 9-iyul kuni, muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti saylovi bo‘lib o‘tdi. Prezident saylovining dastlabki natijalariga ko‘ra, saylovda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan (O‘zLiDeP) nomzod Shavkat Mirziyoyev g‘alaba qozondi. Mirziyoyev 87,05 foiz ovoz olib, O‘zbekiston prezidenti etib saylandi.
o‘zbekiston
turkiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/15/36171346_248:0:1280:774_1920x0_80_0_0_f1533187f2e041623253a617ad75dfb8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ozarbayjon va turkiya prezidentlari mirziyoyev g‘alaba
ozarbayjon va turkiya prezidentlari mirziyoyev g‘alaba
Ozarbayjon va Turkiya prezidentlari Mirziyoyevni g‘alaba bilan qutladi
12:17 10.07.2023 (yangilandi: 15:15 10.07.2023) Mirziyoyev Aliyev va Erdog‘an bilan telefon orqali muloqot qildi.
TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni prezident saylovidagi ishonchli g‘alabasi bilan samimiy tabriklab, do‘st O‘zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladi. Bu haqda Mirziyoyevning matbuot xizmatida
xabar berildi. Telefon orqali muloqotda ko‘p qirrali munosabatlarni yanada kengaytirish va qo‘shma loyihalarni ilgari surish masalalari muhokama qilindi.
Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rishga alohida e’tibor qaratildi. Iqtisodiy kun tartibidagi masalalarni ikki mamlakat hukumatlari darajasida puxta ishlab chiqish muhimligi ta’kidlandi.
Xalqaro tashkilotlar, shu jumladan Qo‘shilmaslik harakati va Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi hamkorlik yuzasidan ham fikr almashildi.
Shuningdek, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi. Unda oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining bo‘lajak yig‘ilishiga birgalikda har tomonlama tayyorgarlik ko‘rish zarurligi haqida so‘z bordi.
Suhbat avvalida Turkiya prezidenti Mirziyoyevni muddatidan ilgari prezident saylovida qozongan ishonchli g‘alabasi bilan dildan qutladi, saylovchilarning ovoz berishdagi faol ishtirokini hamda Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar aholi tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanganini ta’kidladi.
Keyingi yillarda O‘zbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarida yuksak darajaga erishilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Faol muloqot va almashinuvlarni davom ettirish, o‘zaro savdo hajmini oshirish, muhim investitsiya loyihalari va gumanitar dasturlarni amalga oshirishga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 9-iyul kuni, muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti saylovi bo‘lib o‘tdi. Prezident saylovining dastlabki natijalariga ko‘ra, saylovda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan (O‘zLiDeP) nomzod Shavkat Mirziyoyev g‘alaba qozondi. Mirziyoyev 87,05 foiz ovoz olib, O‘zbekiston prezidenti
etib saylandi.