Hukumatlar oltin zahiralarini o‘z vataniga qaytarishni boshladi — OAV

© Depositphotos / BalonciciZolotie slitki
Zolotie slitki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.07.2023
Obuna bo‘lish
Rossiyaga qarshi kiritilgan sanksiyalar fonida tobora ko‘proq hukumatlar o‘z oltin zahiralarini vataniga qaytarishni boshladi.
TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. Ko‘plab davlatlar Rossiyaga qarshi joriy qilingan cheklov choralaridan himoya sifatida o‘z oltinini vataniga qaytarishni boshladilar, deb xabar beradi Reuters.
O‘tgan yili AQSh boshchiligidagi G‘arb davlatlari Rossiyaning Ukrainada maxsus operatsiya boshlanishiga javoban xalqaro fondlarda saqlanayotgan oltin-valyuta zahiralarining deyarli yarmini ($300 mlrd.) muzlatib qo‘ygan edi.
Reuters tomonidan keltirilgan Invesco Global Sovereign Asset Management Study - suveren aktivlarni boshqarish tadqiqoti shuni ko‘rsatdiki, markaziy banklar va o‘z suveren jamg‘armalarning deyarli 60 foizini oltinga aylantirgan va undan 68%ini o‘z vatanida saqlamoqda. Ushbu ko‘rsatgich 2020-yilda 50% bo‘lgan.
So‘nggi vaqtda paydo bo‘layotgan geosiyosiy xavotirlar va rivojlanayotgan bozorlarda paydo bo‘layotgan imkoniyatlar ko‘plab mamlakatlarni dollardan boshqa valyutalar foydasiga voz kechishga undamoqda, deyiladi hisobotda.
AQSh davlat qarzining o‘sishi, respondentlarning 7 foiziga ko‘ra, ular jahon zaxira valyutasiga boshqa muqobil ko‘rmasa ham, ularga dollar uchun salbiy omil bo‘lib tuyulmoqda. Shu o‘rinda Yuandagi 18 % o‘sish potensiali ko‘zga tashlanadi, deya qo‘shimcha qiladi muallif.
Tadqiqot ishtirokchilarining 142 nafarining qariyb 80 foizi geosiyosiy keskinlikni keyingi o‘n yillikdagi eng katta xavf deb atadi, deya xulosa qildi Reuters.
Ukrainada harbiy amaliyot boshlanganidan so‘ng G‘arb davlatlari Rossiyaga qarshi qator qattiq sanksiyalar, jumladan, mamlakat valyuta zaxiralarining yarmiga yaqinini muzlatish kabi choralarni qo‘lladi. Bu jahon iqtisodiyoti tarixida misli ko‘rilmagan, erkin iqtisodiyot va shu vaqtgacha mavjud bo‘lgan barcha xalqaro kelishuvlarga zid bo‘ldi. Aynan ushbu holat aksariyat davlatlarning dollarga qarashlarini o‘zgartirdi.
Yangiliklar lentasi
0