Kiyev NATOni boshi berk ko‘chaga olib kirdi

© NATOFlagi gosudarstv — chlenov NATO vozle shtab-kvartiri bloka v Brussele.
Flagi gosudarstv — chlenov NATO vozle shtab-kvartiri bloka v Brussele. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.07.2023
Obuna bo‘lish
Ertaga Vilnyusda boshlanadigan NATO sammitida Ukraina haqida qanday qaror qabul qilinadi? Uning alyansga qo‘shilish ehtimoli qanchalik yuqori?
TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. “Ukrainani NATOga qanday qabul qilish mumkin” shiori ostidagi uzoq davom etayotgan operatsiya tobora o‘z rolini ijro etishdan charchagan zerikarli sirk tomoshasini eslatmoqda. Ijrochilar ismi o‘zgarishi mumkin, ammo maqsadga erishib bo‘lmaydi.
Ehtimol, ular uchun natija emas, maqsad sari yo‘l ko‘proq qziqtirar, lekin eng aqllilari, maxsus operatsiya amalga oshishi yoki oshmasligidan qat’i nazar, buning iloji yo‘qligini allaqachon tushuna boshlaganlar.
Na murojaatlar, na injiqliklar, na tahdidlar yordam beradi. Bundestagda eng g‘ayrioddiy taklif berildi: Ukrainani Shimoliy Atlantika ittifoqiga “qismlarga bo‘lib” qabul qilish. Tayyor bo‘lish holatiga qarab. Xuddi katta go‘shtni kabob qilgandek — yetarlicha qovurilgan qismlari kesilaveradi.

Bu tashkilot uchun katta muvaffaqiyatsizlik, qolaversa, aftidan, pul nuqtayi nazaridan o‘n milliardlab mablag‘ni talab qiladi. Kichik muvaffaiyatsizlik ham bor va shuning uchun moliyaviy jihatdan unchalik qimmat emas: Vilnyusdagi sammitda Shvetsiya ham NATOga qo‘shilmaydi.

Ittifoqga kirgan davlat va hukumat rahbarlari uchun uchrashuvda suhbat hijolat bo‘lishdan boshlanadi. Ikki tomonlama muvaffaqiyatsizlikdan. Bu, albatta, muhokama qay yo‘sinda davom etishini belgilaydi.
NATO mavjud bo‘lgan butun yillar davomida uning maqsadi o‘zgarmagan: Buyuk Rossiyani yo‘q qilish. Mamlakat SSSR deb atalgan paytda ham va Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin Rossiya Federatsiyasiga aylanganidan keyin ham. So‘zlaridan, ishontirishlaridan qat’i nazar. Doktrinada yoki doktrinalarda mavjud bo‘lgan ma’noga qaramay NATO har doim bir narsani xohlagan: Rossiya xalqi va mamlakati mavjud bo‘lmasligi kerak. Shu bilan birga, 1991-yildan keyin Rossiyani jismonan yo‘q qilish mutlaqo kerak emas edi. Uni to‘liq siyosiy va harbiy nazorat ostiga olishning o‘zi (o‘sha paytda) yetarli edi.
Xususan, mavjud bo‘lgan Rossiya — NATO Kengashi uni doimiy nazorat qilish uchun maxsus tuzilgan edi. Shuningdek, NATO Rossiya armiyasining budjetini (umumiy budjetni ham) kuzatishi va harbiy bazalarni tekshiruvdan o‘tkazishi uchun tuzilgan.

SSSR parchalanganidan keyingi Rossiya shunchalik sodda bo‘lganki, NATO nafaqat tayyor, balki Rossiyani “sivilizatsiyalashgan dunyo mamlakatlari” ittifoqiga qabul qilishni xohlashlariga jiddiy ishongan ekan.

Xomxayollar 1999-yilda tarqala boshladi, 2000-yillarning boshlarida Rossiya hukumati firibgarlar bilan hech qanday o‘yin o‘ynamasliklari haqida ogohlantirdi va qurilishni boshladi. Harbiy qurilishni. O‘z pullariga, boshqalarning kayfiyati va sharhlarini hisobga olmagan holda.
Albatta, bu Brusseldagi ikkiyuzlamachilar va ularning Vashingtondagi boshliqlariga yoqmadi. Ular Gruziya orqali kirib, Rossiyaning janubiy qanotlariga o‘t qo‘yishga harakat qilishdi. Lekin rejalari amalga oshmadi.
Ammo bu usti yaltiroq “sivilizatsiyalashgan dunyo” baxo berayotganida xatoga yo‘l qo‘yganini va Rossiya siyosiy jihatdan mustaqil bo‘lib, o‘zining sobiq qudratli davlat (mamlakatni asl geosiyosiy nomi bilan atash vaqti keldi) maqomiga ega bo‘lganini tan olmaydi. Shuning uchun olti yil o‘tgach, Gruziyadagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng Ukraina orqali kirishga qaror qilishdi. Ana endi Rossiyaga nisbatan nayranglar ish beradi, deb o‘ylashdi.
Yana omadsizlik. Yana muvaffaqiyatsizlik. Rossiya, biroz kechroq uning rahbari bo‘lganning so‘zlariga ko‘ra, hali boshlamadi ham.
Ana endi Rossiya boshlaganida, yelkasini rostlaganida, NATO nafas olishga ulgurmay qoldi. Ular Rossiyani lapti (oq qayin po‘stlog‘idan yasalgan kovush), ayiqlar, aroq va balalaykadan boshqa narsani bilmaydi deb o‘ylashgan edi, Rossiyada esa “Sirkon”lar, “Kinjal”lar, gipertovushli texnikalar, mutlaqo suveren iqtisodiyot, mexnatkash xalqi, shuningdek, har qanday narsaga sharoit yaratib beradigan geologiyasi bor ekan.
Undan tashqari, xoh olmoslar, xoh tanklar, xoh samolyot, xoh paypoq ishlab chiqarishga qodir. NATO “zudlik bilan qurol ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish” haqida qichqirayotgan bir paytda (deyarli barcha xomashyo uchinchi darajali mamlakatlardan sotib olinadigan sharoitda), Rossiyaning ixtisoslashgan sanoati — talabga javob beradigan darajada va maxsus harbiy operatsiya rejasiga muvofiq ishlamoqda.
Umuman olganda, xuddi shu narsani Ukraina ham amalga oshirishi mumkin edi. Uning resurslari, sanoati, har qanday sohaning har qanday ehtiyojlarini har qanday miqdorda qondira oladigan energiyasi bilan bularning hammasini amalga oshirishi mumkin edi.
Ammo o‘zlarining rivojlanishi va Rossiya bilan yaxshi qo‘shnichilik — mutlaqo aniq maqsadlarga emas, balki qandaydir orzu, safsata, sarobga yuzlandi. Orzusiga “yevropalik” sifatdoshini qo‘shib, “to‘rli ich kiyim” ko‘rinishidagi sarob tanlovi oxir oqibat sarobning tarqalishiga, orzuning puch bo‘lishiga olib keldi. Yevropa Ittifoqiga a’zolik — yigirma yildan keyin (kamida) amalga oshishi mumkin, NATOga a’zolik esa — qachonligini hech kim bilmaydi.
Ukraina – NATO Kengashi bugungi kunda – yig‘ilishida “Shuningdek” rubrikasi ostida olib boriladigan muhokamaga o‘xshaydi. Umuman olganda, hech kim qarshi bo‘lmaydi va hattoki qo‘llab-quvvatlashlari ham mumkin, lekin qachon va qanday amalga oshirilishini aniq hech kim aytmaydi. Hech kim yangi mag‘lubiyat uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishni istamaydi.
NATO xuddi shunday (bu birinchi marta emas) jinoyatdan ham battar xatoga yo‘l qo‘ygan holda, ertaga boshlanadigan sammitda yana Rossiya haqida o‘ylagan hamma fikrini aytadi va Ukrainani qo‘lidan kelganicha “oppoq” qilib ko‘rsatadi. Shvetsiyaga kelsak, u yon o‘rindiqda o‘tiradi.
Bu sirk keksa masxarabozlar tarqab ketmaguncha va ovozi uzilmagunda yutuqlar haqida gapiradi. Bu sirk nafaqat qanday yutqazishni, balki mag‘lubiyat nimaligini bilmaydigan davlatga qarshi qanday kuchga ega bo‘lishi mumkin. Bu sirk tomoshasini ko‘rish uchun esa Rossiya popkornni g‘amlab qo‘yishi shart emas: makkajo‘xori u yerda keragidan ortiq bor.
Yangiliklar lentasi
0