Vibori prezidenta Uzbekistana — 2023 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2023
O‘zbekiston prezidenti saylovi — 2023
O‘zbekistonda muddatidan ilgari prezidenti saylovi 2023-yil 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Har qanday savolni berdim va javob oldim — Kalashnikov saylovni kuzatish jarayoni haqida

© SputnikRossiya Davlat dumasining MDH ishlari, Yevroosiyo integratsiyasi va vatandoshlar bilan aloqalar qo‘mitasi raisi Leonid Kalashnikov
Rossiya Davlat dumasining MDH ishlari, Yevroosiyo integratsiyasi va vatandoshlar bilan aloqalar qo‘mitasi raisi Leonid Kalashnikov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.07.2023
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Kalashnikov saylov davomida to‘liq xolis nazorat qilish imkonini beruvchi kuzatuv kameralaridan foydalanish muhimligini ta’kidladi.
TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. Rossiya Davlat dumasining MDH ishlari, Yevroosiyo integratsiyasi va vatandoshlar bilan aloqalar qo‘mitasi raisi Leonid Kalashnikov navbatdan tashqari prezident saylovlari jarayonlaridagi kuzatuvlari bilan o‘rtoqlashdi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
“Meni qiziqtirgan har qanday savolni, birinchi navbatda, saylovchi va deputatlikka nomzod sifatida, masalan, o‘z mamlakatimda berdim. Men bu huquqbuzarliklar qayerda sodir bo‘layotganini bilamanva ular odatda qayerda sodir bo‘lishini bilaman. Va men barcha savollarimga javob oldim”, — dedi Kalashnikov.
Shuningdek, u saylov davomida to‘liq xolis nazorat qilish imkonini beruvchi kuzatuv kameralaridan foydalanish muhimligini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, 9-iyul kuni muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti saylovi bo‘lib o‘tdi. Respublika Markaziy saylov komissiyasi e’lon qilgan dastlabki natijalarga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev 87,05 foiz ovoz bilan saylovda g‘alaba qozongan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, saylovda saylovchilarning 79,88 foizi qatnashgan.
Yangiliklar lentasi
0