Indoneziyadagi o‘q otish sporti bo‘yicha musobaqada O‘zbekiston vakillari 4 ta medalga ega chiqdi

© NOKIndoneziyadagi o‘q otish sporti bo‘yicha musobaqada O‘zbekiston vakillari 4 ta medalga ega chiqdi
Indoneziyadagi o‘q otish sporti bo‘yicha musobaqada O‘zbekiston vakillari 4 ta medalga ega chiqdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.07.2023
Obuna bo‘lish
Ilk kunning o‘zida O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 1 tadan kumush hamda bronza medallariga sazovor bo‘ldi.
TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. Indoneziya poytaxtida o‘q otish sporti bo‘yicha “Kapolri Cup 2023” musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Kechadan turnirda final bellashuvlariga start berildi.
Ilk kunning o‘zida O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, 1 tadan kumush hamda bronza medallariga sazovor bo‘ldi.
Barcha medallar pnevmatik miltiqdan otish yo‘nalishida qo‘lga kiritildi. G‘olib va sovrindorlar ro‘yxati:
Oltin medal:
Erkaklar, jamoaviy: Vadim Skorovarov, Javohir Sohibov, Nikita Sokolov;
Ayollar, jamoaviy: Muxtasar Tohirova, Gulbonu Qamarbekova, Dilafro‘z Qobiljonova.
Kumush medal:
Javohir Sohibov (yakkalik).
Bronza medal:
Dilafro‘z Qobiljonova (yakkalik).
Yangiliklar lentasi
0