Ikkinchi mutaxassislikka hujjatlar qabuli boshlandi

© Sputnik / Aleksey MayshevQabul komissiyasi, arxiv surat
Qabul komissiyasi, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.07.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot bo‘yicha o‘qishga kirish uchun hujjatlar qabuli boshlandi.
TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda ikkinchi mutaxassislikka hujjatlar qabuli boshlandi.
Qabul my.edu.uz platformasida 10-iyuldan 10-avgustgacha davom etadi.
Ikkinchi mutaxassislik uchun quyidagi hujjatlar kerak bo‘ladi:
fuqarolik pasporti yoki ID karta;
bakalavriat bosqichini tamomlaganligi to‘g‘risidagi diplom ma’lumotlari;
xorijiy davlatlar ta’lim muassasalarining 1992-yil 1-yanvardan keyin berilgan diplomlari belgilangan tartibda nostrifikatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim.
Avvalroq 2023/2024-o‘quv yilida davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlangani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0