Hammasi inqilob tomon ketmoqda: Kiyevda Zelenskiy tufayli ixtilof vujudga kelmoqda

© AP Photo / Vadim GhirdaUkraina prezidenti Vladimir Zelenskiy
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.07.2023
Obuna bo‘lish
Kuchmaning sobiq maslahatchisi Oleg Soskin: Ukrainaning NATOga a’zo bo‘la olmasligi inqilobga olib kelishi mumkin.
TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning NATO a’zoligiga bo‘lgan foydasiz umidlari mamlakat ichida jiddiy ixtilofga olib keldi. Bu haqda Leonid Kuchmaning sobiq maslahatchisi Oleg Soskin o‘zining YouTube blogida xabar berdi.

"Zelenskiy, NATO ni orzu qilma, u senga nasib qilmaydi. <…> G‘arb laqqa tushirdi", - fikr bildirdi ekspert.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev rejimi rahbari mamlakatni xarobaga aylantirdi. Soskinning ishonchi komilki, prezident ittifoqqa a’zo bo‘lishga va qurbonlar evaziga foyda ko‘rishga urinmasligi, aksincha, o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarni boshlashi kerak edi.

"Ukrainaliklar har kuni yo‘q qilinmoqda. Zelenskiyning martabasi keskin tushmoqda, chunki u tufayli muammolar vujudga kelgani va u hech narsa qila olmasligini hamma tushunadi", — ma’lum qildi u.

Spiker, shuningdek, mamlakat ichida og‘ir iqtisodiy va ijtimoiy vaziyat tufayli qarama-qarshiliklar kuchayib borayotganini, uning fikricha, bu tez orada Ukrainada inqilobga olib kelishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.
Yangiliklar lentasi
0