Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

"Yangi mojaro". Baydenning Ukraina bo‘yicha qarori AQSh Kongressida vahima uyg‘otdi

© Sputnik / Igor MixalevKupol Kapitoliya - zdanie kongressa SShA v Vashingtone.
Kupol Kapitoliya - zdanie kongressa SShA v Vashingtone.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.07.2023
Obuna bo‘lish
Kongress a’zosi Marjori Teylor Grin: Ukraina QKga kassetali bombalarni yuborish AQSh uchun yomon tugaydi.
TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. Ukraina Qurolli Kuchlarini kassetali o‘q-dorilar bilan ta’minlash AQSh uchun yomon yakunlanadi, deb yozdi AQSh Kongress vakili Marjori Teylor Grin Twitter’da.
Ukrainaga xavfli kassetali o‘q-dorilarning jo‘natilishi AQSh tomonidan urushni kuchaytirilib, oxir-oqibat bizni yadro quroliga ega Rossiya bilan istalmagan urushga jalb qilish orqali Amerika xalqi va milliy xavfsizlik manfaatlarimizga xavf tug‘dirishi mumkin, - deyilgan xabarda.
Uning fikricha, AQShning roli bu mojaroga barham berish va tinchlik muzokaralari olib borishdan iborat bo‘lishi kerak.
"Amerika xalqi va AQSh milliy xavfsizlik manfaatlari Ukrainada xavf ostida emas", - dedi Grin.
Portlash paytida kassetali bombalar kichikroq o‘q-dorilarni - bir necha o‘ndan 600 yoki undan ko‘p sochadi. Ulardan ba’zilari texnik sabablarga ko‘ra portlamay qoladi. Bu tinch aholiga tahdid soladi: portlamagan o‘q-dorilar oxir-oqibat minalarga aylanadi.
Yangiliklar lentasi
0