Vibori prezidenta Uzbekistana — 2023 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2023
O‘zbekiston prezidenti saylovi — 2023
O‘zbekistonda muddatidan ilgari prezidenti saylovi 2023-yil 9-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Uyida ovoz berish qanday o‘tmoqda — video

Obuna bo‘lish
Sog‘lig‘i sababli saylov uchastkasida ovoz bera olmaydigan fuqarolar uchun uyida ovoz berish jarayoni qanday tashkil qilingani haqida videolavhamizda tomosha qiling.
TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. Bugun O‘zbekistonda muddatidan oldin prezident saylovlari bo‘lib o‘tmoqda.
Saylovga kelish imkoni bo‘lmagan fuqarolar alohida ro‘yxatga olingan. 512-saylov uchastkasida jami 2134 nafar fuqaro ro‘yxatga olingan bo‘lsa ulardan 35 nafari maxsus ro‘yxatga kiritilgan.
Bular sog‘lig‘i sababli saylov uchastkasida ovoz bera olmaydigan fuqarolar. Bunday fuqarolar uchun har bir uchastkada ko‘chma saylov qutisi mavjud. Saylov komissiyasi a’zolari ushbu qutilar bilan saylovchilarning uylariga boradi va ularning bulletenlarini olib keladi.
Saylov qutilari ovoz berish tugagach, ovozlarni sanab chiqish uchun ochiladi
Yangiliklar lentasi
0